9 oyni xatolarsiz yopamiz:
YTH sababli tashkilot hisob raqamiga sugʻurta toʻlovini oldi. Sugʻurta summasi korxona daromadiga kiradimi va aylanmadan olinadigan soliqqa solinadimi? Buxgalteriya oʻtkazmalari qanday boʻladi?
Savollarga buxgalter.uz eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Ta’kidlash joizki, SKning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish ob’yektidir. Bundan soliq solish chogʻida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno - SK 304-m.
.
Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi:
- sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan mablagʻlar.
Shunday qilib, YTH sababli sugʻurta tovoni tarzida aylanmadan olingan soliqqa solinmaydi va foyda soligʻini hisoblashda daromad sifatida hisobga olinmaydi. Tegishincha, ushbu soliqlar boʻyicha hisobotlarda ham u aks ettirilmaydi.
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish boʻyicha xizmatlar natijasida sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, QQSdan ozod qilinadi
:
- sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni);
- preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar;
- sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan mablagʻlar;
- sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
1) daromad hisoblangan:
2) daromad olingan:
Qaysi daromadlardan aylanmadan olingan soliq toʻlanmasligi haqida bizning tavsiyamizda batafsil oʻqing.
![]()