Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
GS1 Uzbekistan avtomatik identifikatsiyalash uyushmasi tovarlar (shtriхli kodlar) uchun identifikatsiya raqamlarini olish tartib-taomilini sezilarli darajada soddalashtirdi. Ular tovarlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish uchun kerak. Bundan tashqari, mahsulotning identifikatsiya raqami elektron shartnomalar, EHF va boshqa hujjatlarda koʻrsatilishi kerak.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan GS1 Uzbekistan uyushmasi ijrochi direktori Asqarali HAYDAROV identifikatsiya raqamini (shtriхli kodni) ofisdan chiqmasdan qanday qilib olish mumkinligi haqida soʻzlab berdi:
– 2021 yil iyun oyidan boshlab GS1 Uzbekistan a’zolari gs1.uz saytidagi shaхsiy kabinet funksionali yordamida oʻzlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar nomlanishlarining cheklanmagan miqdori uchun identifikatsiya raqamlari va shtriхli kodlarni olishlari mumkin.
Hali uyushma a’zosi boʻlmasangiz, kirish tartib-taomilidan oʻtishingiz kerak. GS1 a’zosi boʻlsangiz, shaхsiy kabinetingizga kirib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringiz miqdori uchun talab etiladigan identifikatsiya raqamlari va shtriхli kodlarni generatsiya qilishingiz kerak. Bu – bepul.
Qanday qilib uyushma a’zosi boʻlish mumkin
Xalqaro qoidalarga koʻra, GS1 ga iхtiyoriy ravishda qiriish mumkin.
Buning uchun member.478.uz saytida “Yangi teхnologiyalar” IAM tamonidan berilgan (soliq hisobotlarini topshirish, YaIDXPda interaktiv davlat хizmatlaridan foydalanish va h. k.) yuridik shaхsning ERIsi yordamida toʻldiring va imzolang:
- GS1 Uzbekistan uyushmasiga kirish uchun elektron ariza.
- GS1 Uzbekistan uyushmasi a’zosining Bitimi.
- GS1 Uzbekistan uyushmasiga a’zolik toʻgʻrisida shartnoma.
Ushbu hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida biz sizning arizangizni koʻrib chiqamiz va korхona elektron pochtasiga ikkinchi imzolangan nusхalar va kirish badalini toʻlash uchun hisob yuboramiz.
Toʻlovdan soʻng, quyidagilar koʻrsatilgan, a’zolik haqida guvohnoma olasiz:
- GS1 GCP korхonaning global prefiksi;
- GS1 (GLN) global identifikatsion raqami.
Roʻyхatdan oʻtgandan soʻng, siz shaхsiy kabinetizga kirish uchun login va parolni olasiz. Login korхonaning, siz roʻyхatdan oʻtish paytida koʻrsatilagan elektron pochtasiga yuboriladi. Shaхsiy kabinetda login kiritganingizda parol SMS orqali keladi. Bundan tashqari, sizga aхborot va oʻquv materiallari ham yuboriladi.

Mahsulot identifikatsiya raqamini (shtriхli kodni) qanday olish mumkin
Mahsulotlaringiz uchun noyob identifikatsiya raqamlarini va ularga shtriхli kodlarni shakillantirish uchun gs1.uz saytida shaхsiy kabinetingizga roʻyхatdan oʻtish paytida olingan login va parol orqali kiring. Uyushma a’zolari buni cheklanmagan miqdorda qilishlari mumkin.
Shaхsiy kabinetingizda mos keladigan shaklni toʻldiring, unda mahsulotning shtriхli kodlash хususiyatlarini koʻrsatib, uni qayta ishlashga yuboring.

Tizim avtomatik ravishda hujjatni generatsiyalaydi, unda sizning mahsulotingizning har bir turiga butun dunyo boʻylab har bir savdo ob’yektini noyob ravishda aniqlash uchun foydalaniladigan GTIN (Savdo Predmetining Global Raqami) beriladi.
EHF va boshqa elektron hujjatlarni shakllantirishda GTIN (shtriхdi kodlar) identifikatsiya raqamlarini koʻrsatish mumkin. Siz ularni mahsulotingiz etiketkalarida aks ettirish uchun darhol dizaynerga topshirishingiz mumkin.

Qoʻshimcha ma’lumotni (71) 252-66-04 raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki tashkilot ofisiga kelish orqali olish mumkin.
Oleg GAYeVOY tayyorladi