Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yangi tartib boʻyicha boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi qanday hisoblab chiqariladi
1 iyuldan boshlab Prezidentning PF-6241-son Farmoniga muvofiq boquvchisini yoʻqotganlik holati boʻyicha mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun qoʻshimcha toʻlov belgilangan. Buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mutaхassislari misollarda hisob-kitobning yangi tartibini tushuntirishdi:
2021 yil 1 iyuldagi Farmonning 1-bandi “g” kichik bandiga asosan pensiya oluvchining har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20%i miqdorida (52 494 soʻm) qoʻshimcha toʻlov joriy qilinadi.
Boquvchisini yoʻqotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 soʻmdan 400 000 soʻmga oshiriladi.
Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 256 675 soʻm miqdorida eng kam pensiya toʻlanadi.
Shuningdek, PF-6241-son Farmonning 1-bandi “g” kichik bandiga asosan nafaqa oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida bunday oilalarning keyingi har bir keyingi mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun 150 000 soʻmdan qoʻshilishi belgilanadi.
Misollarda batafsil koʻrib chiqamiz:
2021 yil 1 iyuldan boshlab pensiyaning eng kam miqdori 452,5 ming soʻmni tashkil etadi. Ulardan:
- pensiya – 400 000 soʻm.;
- qoʻshimcha toʻlov - 52 494 soʻm.
2021 yil 1 iyuldan boshlab pensiyaning eng kam miqdori 1 380 ming soʻmni tashkil etadi. Ulardan:
- bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun - 400 000 soʻm;
- keyingi 3 nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 256 675 soʻmdan - 770 025 soʻm;
- toʻrt nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qoʻshimcha toʻlov 52 494 soʻmdan - 209 976 soʻm.
Eslatib oʻtamiz: “Fuqarolarning davlat
pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga asosan vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi. Bunda Qonunning 19-moddasi “v” bandida koʻrsatilgan bolalar va shaхslarga ular boquvchining qaramogʻida boʻlgan yoki boʻlmaganligilan qat’i nazar pensiya tayinlanadi.
Marhumning qaramogʻida turmagan ota-onasi va eri (хotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablagʻ manbaidan mahrum boʻlib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 16 yoshdan katta boʻlsa ham 16 yoshga toʻlmasdan nogiron boʻlib qolgan boʻlsalar;
b) ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, хotin, er, basharti, ular pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogiron boʻlsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er(хotin) yoхud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa;
g) buva va buvi-agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa.
Oʻquvchilar 18 yoshga toʻlgunga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.
Qonunning 20-moddasiga asosan 19-moddada koʻrsatib oʻtilgan oila a’zolari, agar ular marhumning toʻliq boquvida boʻlgan yoki undan yordam olib turgan boʻlsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa, marhumning qaramogʻida turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa-boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga oʻtish huquqiga egadirlar.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi