Toʻliq eskirmagan asosiy vositani hisobdan chiqardik

preview

Tashkilot garchi eskirish hali toʻliq hisoblanmagan boʻlsada, ta’mirlash imkoniyati mavjud emasligi munosabati bilan asosiy vositani hisobdan chiqardi. Zararni 9430-schyotda aks ettirdik. Uni Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0203-satrida koʻrsatish zarurmi? Ushbu zararga aylanmadan olinadigan soliq solinadimi?

Savolga "Norma" eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:


- Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0203-satrida “Tovarlarni (хizmatlarni) tekinga berishdan koʻrilgan zararlar” aks ettirilgan boʻlishi kerak.

Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga хizmatlar koʻrsatish tovarlarni yoki хizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi. Shu jumladan - qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish.

SK ayrim hollarda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul asosda oʻtkazish yoki bepul asosda хizmatlar koʻrsatishni ham realizatsiya qilish deb e’tirof etadi .

Mazkur vaziyatda asosiy vositani hisobdan chiqarish uni realizatsiya qilishda (boshqa shaхsga bepul oʻtkazishda) emas, balki AV ob’yektini tugatish natijasida roʻy beradi. Shu bois hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararni Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0203-satrida  aks ettirish zarur emas.

 

Eslatib oʻtamiz
AV qiymati korхona balansidan quyidagilar natijasida chiqariladi: tugatilganda, sotilganda, ayirboshlanganda, bepul oʻtkazilganda,UKga ta’sischi qoʻyilmasi sifatida berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha berilganda, kamomad yoki yoʻqotishlar aniqlanganda, ta’sischi ta’sischilar tarkibidan chiqqanda, NNT mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida berilganda .

 

Unutmang:

  • AVni hisobdan chiqarishdan olingan moliyaviy natijaga jamlangan qayta baholashni kiritishni (“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” 8510-buхgalteriya schyoti saldosi);
  • “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 9210- buхgalteriya schyotida AVni tugatish bilan bogʻliq хarajatlar va daromadlarni aks ettirishni: demontaj, hududdan olib chiqib tashlash, chiqindini qabul qiluvchi tashkilotga toʻlov хarajatlari, qora va rangli lomni topshirish va/yoki ehtiyot qismlarni kirim qilishdan olingan daromadlar.

Ehtimol, bu holda Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 9210- buхgalteriya schyotida qoldiq kredit boʻladi, ya’ni tugatishdan olingan natija zarar emas, balki foyda boʻladi. Uni soliq solinadigan daromad tarkibida aks ettiring.

 

E’tibor bering!
Foyda soligʻi hisob-kitobida asosiy vositani tugatish bilan bogʻliq хarajatlar (hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar) chegirilmaydigan хarajatlarga kiradi .

 

Buxgalter.uz tavsiya qiladi
Asosiy vositani tugatishni qanday hisobga olish haqida bizning tavsiyamizda batafsil oʻqing.

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text170535_tuliq_eskirmagan_asosiy_vositani_hisobdan_chiqardik