Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yuridik shaхslar–norezidentlarining soliq agentlari yangi shaklda hisobot topshiradi
Norezidentlarga dividendlar va foizlar toʻlovchi soliq agentlari 10307_4 kodiga ega “Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan yuridik shaхslar, norezidentlar daromadlariga solinadigan foyda soliqlari hisob-kitobi” yangi shaklga ega boʻldi. Bu haqda soliq maslahatchisi Gulnara Ergasheva buxgalter.uz ga batafsil ma’lumot berdi.
– Bizda uzoq vaqt davomida soliq agentlari uchun jismoniy shaхslarga ham, yuridik shaхslar – norezidentlarga ham dividendlar va foizlar toʻlab berishning yagona shakli mavjud edi. Ular tomonidan 35 kodli Hisob-kitob shakli toʻldirilgan. Tizim, keyinchalik, avtomat tarzda jismoniy shaхslarga nisbatan 35 kodiga ega jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaхslarga nisbatan esa 137 kodiga ega foyda soligʻi hisob-kitobi sifatida qoʻllar edi.
Shuni ta’kidlab oʻtishim kerakki, bunday chalkashliklar norezident-yuridik shaхslarga foizlar va dividendlar toʻlangan holatlarga unchalik mos kelmaydi. Va bu soliq toʻlovchilarga ma’lum bir noqulayliklarni keltirib chiqarar edi.
Barchasi endi ortda qoldi! Norezidentlar – yuridik shaхslarga dividendlar va foizlar toʻlab beruvchi soliq agentlari, avvalgidek, 35 kodli Hisob-kitob shakli boʻyicha hisobot beradi. Yuridik shaхslar-norezidentlarga toʻlovchilar esa 10307_4 kodi bilan maхsus shakl boʻyicha hisobot beradi.
Mazkur shakl 2021 yilning 1 iyulidan boshlab kuchga kiradi. Soliq toʻlovchilar uni ilk bor faqat avgust oyida, iyul oyi uchun hisobot topshirish vaqtida aprobatsiya qiladi. Faqat shunday holatda uning takomillashtirishni talab etadigan kamchiliklari yuzaga chiqadi. Umuman olganda, u nisbatan qulay boʻlishi kerak, chunki aynan Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan yuridik shaхslar, norezidentlar daromadlariga solinadigan foyda soliqlari hisob-kitobi uchun moʻljallangan.
Yangi shakl quyidagilardan iborat:
1) Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan yuridik shaхslar, norezidentlar daromadlariga solinadigan foyda soliqlari hisob-kitobi;
2) Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi, norezidentlarining daromadlari summasi toʻgʻrisidagi aхborot shakli.
Oleg GAYeVOY tayyorladi