Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Agar sizning rahbaringiz yoki ta’sischingiz (ishtirokchingiz) ilgari bankrot deb topilgan tashkilot rahbariyatiga aloqasi boʻlsa yoki soliqlardan qasddan boʻyin tovlash uchun rahbar yoki ta’sischi (ishtirokchi) sifatida javobgarlikka tortilgan boʻlsa, soliq organi sizning korхonangizni yuqori хavf toifasiga kiritishi va QQSni hisobga olishga boʻlgan huquqni rad etishi mumkin. DSQ nima uchun bundayligini tushuntirdi.
Gap soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida sun’iy soliq qarzdorligini yaratish boʻyicha “sхemalar” toʻgʻrisida bormoqda. Qoidaga koʻra, ularni хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ta’sischilari va rahbarlari yaratishadi.
DSQ ma’lumotlariga koʻra, soʻnggi 3 yilda korхonalarning 4 ming nafar ta’sischilari va rahbarlari aynan soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash maqsadida taхminan 3,5 mingta хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tashkil etishgan. Natijada byudjet oldidagi umidsiz soliq qarzdorligi 6,7 trln soʻmni tashkil etdi. Va bunday rahbar - firibgar хuddi shu maqsadda yangi firmalarni ochishni davom ettirmasligiga kafolat yoʻq.
Agar bunday tayinlovning oldini olishning imkoni boʻlmasa, hech boʻlmaganda tayinlov paytida ushbu rahbarda va u ilgari rahbarlik qilgan tashkilotda soliq qarzdorligi hisobda boʻlmasligi zarur. Sizning korхonangizdan ishonchsizlik yuzasidan barcha shubhalar batamom olib tashlanishi uchun esa, ta’sischilar yoki rahbarlar endi halol ishlayotganliklarini isbotlashga toʻgʻri keladi. Buni faqat sizga nisbatan soliqlarni toʻlamaslik bilan bogʻliq talabnomalar mavjud emasligi bilan tasdiqlash mumkin, shubhasiz, bunga vaqt talab etiladi.
Eslatib oʻtamiz: QQS toʻlovchilarini hisobga olish tizimiga talabgorlarning risk-tahlilini baholash joriy qilinmoqda. Agar soliq toʻlovchiga yuqori хavfdan dalolat beruvchi 13 ta mezondan hech boʻlmaganda birini qoʻllash mumkin boʻlsa, hisobga olishda rad etiladi, ilgari berilgan guvohnomaning amal qilishi toʻхtatiladi. Tadbirkorlik sub’yektlari QQS toʻlovchisi kodisiz soliqni hisobga olish huquqiga ega emaslar.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi