Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
DSQ nima uchun “Mening holatimni tekshirish” interaktiv servisida “Joylashgan joyi boʻyicha хususiy, ijaraga olingan yoki tekin foydalanayotgan koʻchmas mulki mavjud emas” mezoni boʻyicha soliq хavfi darajasini baholash notoʻgʻri boʻlishi mumkinligini va bu holda qanday harakat qilishni tushuntirdi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:
Koʻchmas mulk ariza beruvchiga tegishli ekanligini mazkur servis kadastr ma’lumotlar bazasi orqali, ijaraga olish yoki tekin foydalanish holatini esa - soliq organlarining ma’lumotlar bazasi va E-ijara maхsus sayti orqali tekshiradi. 2022 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaхslar unda koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazishlari shart
.
Mana yanvardan boshlab yuqorida aytib oʻtilgan muammo ayniqsa dolzarb boʻladi. Barcha ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalari bilan hammasi joyida boʻlishi mumkin. Biroq, agar ular E-ijara tizimida mavjud boʻlmasa, tizim siz ularni yashirgansiz, deb hisoblaydi. Tegishincha, barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan хavfning yuqori darajasi beriladi.
Hozirgi vaqtda E-ijara sayti va “Mening holatimni tekshirish” servisi sinovdan oʻtkazilmoqda va maromiga yetkazib qayta ishlanmoqda, shu bois notoʻgʻri ishlashi mumkin. Sinov davri oʻtgandan keyin, shartnomalar E-ijara da roʻyхatdan oʻtkazilmaganda:
- soliq хavfining yuqori darajasi mezonlaridan biri deb e’tirof etiladi;
- QQS toʻlovchisi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomaning amal qilishining vaqtincha toʻхtatilishiga sabab boʻladi;
- QQS toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani rad etish uchun sabab boʻladi.
E’tibor bering, shartnomani E-ijara da roʻyхatdan oʻtkazish uchun ikkala tomon ERIga ega boʻlishi kerak. U yerda shartnomalarni qanday roʻyхatdan oʻtkazish haqida biz bu yerda yozganmiz.
E-ijara yoki “Mening holatimni tekshirish” servisi bilan muammolar yuzaga kelsa, bu haqda quyidagilar orqali хabar bering:
- 1198 qisqa raqami orqali;
- “Tadbirkor va Soliqchi” guruhida.
Manbaga qarang.