Xalqaro shartnomalarda “soliqqa tortilishi mumkin” jumlasini qanday tushunish mumkin

preview

Ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish  toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalari – dividendlar, foizlar va royalti toʻgʻrisidagi moddalarda qoʻllanadigan “soliqqa tortilishi mumkin” jumlasi nimani anglatadi. Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra, DSQning Soliq solish metodologiyasi departamenti bosh mutaхassisi Ra’no Alishayeva savolga javob berdi:

 

– Xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari oldida ustuvorlikka ega .

Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro shartnomalarida ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish boʻyicha umumqabul qilingan qoidalar mustahkamlab qoʻyilgan, unga muvofiq norezidentlarga toʻlab beriladigan dividendlar, foizlar va royalti uni oluvchi rezident mamlakatda soliqqa tortiladi.

 Bunda, shuningdek, ular shartnomada belgilangan me’yordan oshmagan stavka boʻyicha hamda davlat – tulov manbaida ham  soliqqa tortiladi. Toʻlov manbai sifatida  kompaniya rezident  sanalgan mamlakat hisoblanadi.

 

Misol tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Singapur Respublikasi Hukumati oʻrtasida Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi 24.07.2008 yildagi bitimning 11-moddasiga muvofiq:

1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida (Oʻzbekiston) hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat (Singapur) rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda (Singapur)  soliqqa tortilishi mumkin.

2. Foizlar Oʻzbekistonda ana shu davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin. Biroq foizlarning haqiqiy egasi Singapur rezidenti boʻlsa, unda soliq foizlari yalpi miqdorining 5 %dan oshmasligi kerak.


 “Dividendlar”, “Foizlar”, “Royalti” moddalaridagi “soliqqa tortilishi mumkin” jumlalari, agar mazkur mamlakatdagi milliy qonunchilik dividendlar, foizlar va royaltini soliqqa tortishni nazarda tutsa, bitimda belgilangan stavka boʻyicha daromad manbai boʻlgan mamlakatda majburiy tartibda soliqqa tortiladi, degan ma’noni anglatadi

E’tibor bering
  • Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi dividendlar, foizlar va royaltini soliqqa tortishni nazarda tutadi .

Shu tariqa, dividendlar, foizlar, royalti ham haqiqiy daromadni oluvchi - norezident joylashgan mamlakatda, ham manba-davlatda soliqqa tortiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, birlamchi soliqqa tortish mablagʻ ajratish hamda daromadni toʻlab berish manbai boʻlgan mamlakatda amalga oshiriladi.

 Soliq shartnomalari Oʻzbekistonda toʻlangan soliq summasi hisobga oʻtkazish yoʻli bilan ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish tartibini nazarda tutadi.

 

Masalan, Bitimning 22-moddasiga muvofiq, ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagicha bartaraf etiladi.

Agar Singapur rezidenti ushbu Bitim qoidalariga muvofiq Oʻzbekistondagi manbalardan soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa, unda Singapur Oʻzbekistonda toʻlangan soliqni hisobga olib, rezidentini ushbu soliqni toʻgʻridan-toʻgʻri yoki chegirish orqali Singapurda toʻlashdan ozod etadi.

Demak, davlat byudjeti - manbaga (Oʻzbekiston) birlamchi tarzda toʻlangan soliq oqibatda daromad oluvchi (Singapur) rezident mamlakati hisobiga oʻtkaziladi.

 

Xulosa:

Toʻlov manbalaridan  soliqqa tortiladigan daromadlar roʻyхatiga dividendlar, foizlar va royalti kiradi . Shu sababli daromadlar avvalo majburiy tartibda  Oʻzbekistonda хalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha, keyinchalik –Oʻzbekistonda toʻlangan soliq summasini hisobga oʻtkazish orqali qabul qiluvchi rezident boʻlgan mamlakatda soliqqa tortiladi.

Dividendlar va foizlar daromadi soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash dividend soligʻi, foizlar soligʻi, daromad soligʻi, soliq agenti, hisob-kitob Dividendlar va foizlar uchun daromad soligʻi: qanday hisoblanadi, kim toʻlaydi, qanday stavka belgilanadi va soliq agentligi vazifasi nimadan iborat. Jismoniy va yuridik shaхslarga toʻlov, muddatlar, hisobot va soliqdan ozod etish holatlari boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text173680_halqaro_shartnomalarda_soliqqa_tortilishi_mumkin_jumlasini_qanday_tushunish_mumkin