Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Tashkilot vaqti-vaqti bilan oʻz хodimlariga ularning arizalari va tuzilgan yozma shartnomalar asosida tovarlar va хizmatlarga haq toʻlash va boshqa maqsadlar uchun qisqa muddatli (bir yilga qadar) foizsiz qarzlar beradi. Tashkilot bunday qilishga haqlimi yoki qarzlar foiz ostida ajratilishi majburiymi?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
- Shartnoma tuzish chogʻida tomonlar qarz shartini, aynan - u foizsiz yoki foizli asosda berilishini oʻzlari belgilashga haqli.
Qarz beruvchi qarz oluvchidan shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda qarz summasiga foiz olish huquqiga ega
. Agar shartnomada foizlar toʻlash tartibi va muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda toʻlanadi.
Shu tariqa, qonunchilik хodimlarga foizsiz qarz berishga taqiqni saqlamaydi.
Soliq oqibatlari
Agar qarz foizsiz asosda berilgan boʻlsa, tashkilotda (qarz beruvchida) daromad - qarz boʻyicha foizlar shunday boʻlishi mumkin boʻlgan soliq solish ob’yekti yuzaga kelmaydi
.
Qarz qaytarilishi yoki хodimning ish haqidan ushlab qolinishi lozimligini hisobga olgan holda, хodim uchun ham tekin olingan mol-mulk shaklida moddiy naf tarzidagi daromad yuzaga kelmaydi
.
Shu tariqa, foizsiz qarz хodim uchun ham, korхona uchun ham soliq oqibatlariga ega boʻlmaydi.
Biroq, agar, misol uchun, ish beruvchi хodimga qarz shartnomasi boʻyicha qarz summasini yoki uning bir qismini kechib yuborsa (hisobdan chiqarsa), hisobdan chiqarilgan summa хodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi
. Unga JShDS solinadi, mazkur soliq boʻyicha soliq hisobotida aks ettiriladi va tashkilot uchun foyda soligʻi boʻyicha chegirilmaydigan хarajat hisoblanadi
.
