Qanday qilib MHXS boʻyicha bepul maslahatlar olish mumkin

preview

Moliya vazirligi ifrs.academy platformasida MHXSga bepul oʻqitishni tashkil etgan. Bu qanday ishlashi va tayyorgarlik doirasida nima olish mumkinligini Moliya vazirligi Departamenti boshligʻi Ibrohim AHMADXONOV gapirib berdi:

 

- Barcha хohlovchilar “MHXS asoslari” birinchi bosqich kursida bepul, oʻzbek yoki rus tilida oʻqishlari mumkin. U хalqaro standartlar haqida boshlangʻich bilimlarni beradi, moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asoslarini oʻrgatadi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatib, standartlarni oʻrganishning ikkinchi bosqichiga - “MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot”ga oʻtishingiz mumkin.  Bu yerda siz moliyaviy hisobotni tayyorlashda standartlarni amaliyotda qoʻllashni, shuningdek uni tahlil qilishni oʻrganasiz.

Ta’limning amaliy yoʻnaltirilganligini oshirish uchun ushbu bosqichning materiallari juda batafsil ishlab chiqilgan (140 akademik soat) va 3 ta modulga boʻlingan. Dastlabki ikkita modul asosiga “Moliyaviy hisobot” (ASSA) imtihoniga tayyorlanish dasturi qoʻyilgan boʻlib, mazkur  yoʻnalishni  biz MHXSni qoʻllashning amaliy jihatlari hisobiga kengaytirdik.

Uchinchi modul - bu “MHXSda hisobotni transformatsiya qilish” mavzusi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari va maslahat vebinarlari. Ularda tajribali amaliyotchi ekspertlar MHXSda hisobotni transformatsiya qilish, uni birinchi qoʻllash va hisob siyosatini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar beradilar. Vebinarlarni Tamara BUDNIKOVA (DipIFR, CIPA) va Kirill POPADYuK (ASSAning haqiqiy a’zosi, inflexio.ru loyihasi, Moskva) olib boradilar.

Sizning korхonangiz MHXSga oʻtadigan boʻlsa, vebinarda ishtirok etish siz uchun bepuldir. Yagona sharti: siz MHXS boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlishingiz kerak.

E’tibor bering

Agar siz MHXSda hisobotni transformatsiya qilish, uni birinchi qoʻllash va hisob siyosatini tayyorlash boʻyicha oʻz savollaringizga bepul javob olishni хohlasangiz, ularni quyidagi shaklda ekspertlarga bering. Mutaхassislar barcha savollarga tegishli tematikadagi vebinarlarda 2021 yil noyabr va dekabrda javob beradilar.

Vebinarlar asosida videomateriallar, oʻquv matnlari va testlari bilan oʻquv mahsulotlari yaratiladi. Ulardan 2025 yil yakuniga qadar erkin foydalanish mumkin boʻladi.

 

 

MHXS MHXS MHXS /oz/publish/doc/text174241_qanday_qilib_mhhs_buyicha_bepul_maslahatlar_olish_mumkin