KPK yoʻqolganda nima qilish lozim

preview

“Korporativ plastik kartamiz yoʻqoldi. Bu haqda  2 kun oʻtgach bildik. Bankka kartani  bloklash toʻgʻrisida xabar berganimizda, undagi pul mablagʻi sarflanganligi ma’lum boʻldi. Amaliy faoliyatimda bunday holat kuzatilmaganligi sababli kutilmagan vaziyatda qanday yoʻl tutish kerakligi men uchun mavhum. Bank bu xususda oʻz takliflarini berdi. Lekin bu takliflar qanday natija berishini  bilmayman”. 

Vaziyat yuzasidan “Norma” eksperti Viktoriya Bezgina tushuntish berdi:

 

– “Karta yoʻqolgan taqdirda:

 1) Imkon qadar tez fursatda KPKni bloklash uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat qiling;

 2) KPKdan foydalanish boʻyicha bank bilan tuzilgan shartnomani koʻtaring va u yerda shunday vaziyatlar boʻyicha nimalar koʻzda tutilganligini aniqlashtiring va x.k.;

 3) Karta uchun moddiy javobgar xodimdan tushuntirish xati oling;

 4) Ushbu xodim bilan tuzilgan shartnomada moddiy javobgarlik boʻyicha nima nazarda tutilganligini aniqlashtiring;

 

Soʻng buxgalteriya hisob-kitobida quyidagi holatlarni qayd eting :

1. Korxonaga yetkazilgan zarar summasiga KPKdan yechib olingan summa miqdorida hamda KPKni yoʻqotganligi uchun bank tomonidan belgilangan jarima sanksiyasi:

  • Dt 5910 «Kamomad va qimmatliklarga zarar yetishi oqibatidagi yoʻqotishlar»;
  • Kt 5530 «Boshqa maxsus hisob-raqamlar» (yoki KPK boʻyicha mablagʻlar hisob-kitobini yuritayotgan boshqa hisob-raqam).

 2.  Agar pullar yoʻqolgan  va ularni qaytarishning iloji boʻlmasa, buxgalteriya hisobida buni quyidagicha  qayd eting:

  • Dt 4730 «Xodimning moddiy zararni qoplash boʻyicha qarzdorligi (uning aybi tan olingan taqdirda) yoki Dt 9430 «Boshqa operatsiya xarajatlari» (aybdor topilmagan taqdirda);
  • Kt 5910 «Kamomad va qimmatliklarga zarar yetishi oqibatidagi yoʻqotishlar».
E’tibor bering
Agar xodimning moddiy javobgarlik haqidagi shartnomaga muvofiq aybi tan olinsa (toʻliq miqdorda yoki qisman), ammo uni kechirib, oylik maoshidan ushlab qolinmasa, KPKni yoʻqotganlik uchun jarima summasi hamda undagi yoʻqotilgan mablagʻlar xodimning JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadlariga kiritiladi . Korxona uchun bu– chegirib tashlanmaydigan xarajatlar sanaladi .

 

 

Korporativ kartalar Korporativ kartalar Korporativ kartalar /oz/publish/doc/text175653_kpk_yuqolganda_nima_qilish_lozim