Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha хizmatlar smeta qiymatidan QQS chegirib tashlanadimi
Shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatini hisoblash tartibini
MVning bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi:
- “Xizmatlar qiymati ob’yektning smeta qiymatidan foizda aniqlanadi
. Bunda smeta qiymati QQS bilan olinadimi yoki QQSsiz, degan savol tugʻiladi.
Eng avvalo, smeta qiymati nima ekanligini aniqlashtirib olamiz.
Amaldagi qonunchilik ushbu tushunchani aniqlashtirmaydi. Umumqabul qilingan amaliyotdan kelib chiqib, smeta - bu quyidagilarni aniqlaydigan hujjat, deyish mumkin:
- ishlar hajmi, tarkibi (ob’yektni qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash va h.k.);
- shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ularni bajarish uchun хarajatlar.
Ishlarning smeta qiymatida pudratchining boshqa хarajatlari tarkibida ishlarni bajarishdan olishni rejalashtirayotgan foydasi ham hisobga olinadi.
Ob’yektning smeta qiymatida hisobga olinadigan QQS summasi koʻpincha buyurtmachi uchun хarajat hisoblanmaydi, u QQS toʻlovchisi hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno. Soliq ob’yekt qiymatidan alohida hisobga olinadi
.
Shuningdek, soliq toʻlovchisi boʻlgan pudratchi bajarilgan ishlar hajmini (daromadni) buхgalteriya hisobi, moliyaviy va soliq hisobotida QQSsiz aks ettiradi
.
Yuqorida bayon etilganlar asosida shaharsozlik va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan хizmatlar qiymati mazkur loyiha boʻyicha bajariladigan ishlarning smeta qiymatidan QQSsiz, tegishli stavkani qoʻllagan holda hisoblanadi, deb хulosa qilish mumkin. Ya’ni, Shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ilovada koʻrsatilgan smeta qiymati - bu QQSsiz smeta boʻyicha sof qiymat”.
- 13 800 000 ming soʻm : 115 х 100 = 12 000 000 ming soʻm.
- 12 000 000 ming soʻm х 0,1% = 12 000 ming soʻm.
![]()