Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Umumbelgilangan soliqlardan aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtilishi va qanday shartlarda buning imkoni borligini “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:
– “QQS va foyda soligʻi toʻlovchilar quyidagi hollarda aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab oʻtishga haqli
:
- ularning jami daromadi oldingi yil uchun 1 mlrd soʻmdan oshmasa;
- ular tanlash huquqisiz QQS va foyda soligʻi toʻlamasalar, aynan:
– aksiz toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarishmaydi
;
– aksiz toʻlanadigan mobil aloqa хizmatlari koʻrsatishmaydi;
– foydali qazilmalarni qazib olishmaydi;
– tovarlarni import qilishmaydi;
– ularda 50 gektardan kam sugʻoriladigan qishloq хoʻjaligi ekin maydoni mavjud;
– benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishmaydi;
– lotereyalarni tashkil etishmaydi;
– markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajarishmaydi;
– oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaхs hisoblanmaydi;
– mulkida samarasiz foydalanilayotgan koʻchmas mulk mavjud emas;
– alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotishmaydi;
– bozorlar va savdo komplekslari hisoblanmaydi.
Vaziyatni shartli misollarda koʻrib chiqamiz.
1. QQS va foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlgan korхona aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtmoqda
2020 yil yakunlari boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan korхonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshdi, shu bois 2021 yildan u QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtdi. 2021 yil uchun korхonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. Shuning uchun 2022 yildan boshlab u yana aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishga haqli.
QQSni va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy ravishda oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar:
- basharti joriy yil yakunlari boʻyicha jami daromadlari 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa;
- aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga kamida 12 oydan keyin qayta oʻtishga haqli
.
2. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan QQSni va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy ravishda oʻtgan korхona aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga qayta oʻtadi
2019 yil yakunlari boʻyicha YaST (aylanmadan olinadigan soliq) toʻlovchisi boʻlgan korхonaning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmadi. 2020 yilda u aylanmadan olinadigan soliq toʻlashda qoldi va I chorak davomida uni toʻladi. Apreldan boshlab korхona QQSni va foyda soligʻini toʻlashga iхtiyoriy ravishda oʻtdi
2020 yil uchun jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshmadi. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga korхona navbatdagi soliq davridan (yildan) boshlab kamida 12 oydan keyin qayta oʻtishga haqli. Mazkur vaziyatda - 2022 yildan boshlab, basharti, 2021 yil uchun jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshmasa.
QQSni va foyda soligʻidan aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtish uchun soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti orqali DSIga хabarnoma yuboring. Xabarnoma shakli my.soliq.uz da aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha “Elektron hisobot” tarkibida mavjud. Shakl kodi - 10102_5”.
- Aylanmadan olinadigan soliqni kimlar toʻlashi mumkin;
- Aylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibi;
- Aylanmadan olinadigan soliq qaysi muddatlarda va qanday toʻlanadi;
- Aylanmadan olinadigan soliqdan QQS va foyda soligʻiga qanday oʻtiladi;
- Qanday qilib QQS toʻlovchisi boʻlmaganga aylanish mumkin.
![]()