9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oʻrindosh xodimga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun moddiy yordam koʻrsatish (plastik kartochkasiga pul mablagʻlarini oʻtkazish) va JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkinmi, bu haqda buxgalter.uz iltimosiga binoan «Norma» kompaniyasi eksperti Tatyana BELOUSOVA tushuntirish berdi:
– «Nafaqat asosiy ish joyida ishlaydigan, balki oʻrindosh xodimlarga ham moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
Mehnat shartnomasida yoki korxonaning lokal hujjatlarida oʻrindosh xodimlarga moddiy yordam toʻlash qoidalarini nazarda tutilishi (qayd etilishi) lozim.
Oʻrindosh xodimlarga moddiy yordam toʻlanishini hujjatlar (xodimning arizasi, rahbar buyrugʻi, tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, nikoh tuzilganligi, tugʻilganlik, vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar va h.k.) bilan rasmiylashtirish hamda buni buxgalteriya hisobi va soliq hisobotlarida aks ettirish tartibi xuddi asosiy ish joyida ishlaydigan xodimlar uchun belgilanganidek amalga oshiriladi.
Biroq, soliq solish qismida farqlar mavjud, ular aynan JShDS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashga taalluqlidir.
Oʻrindosh xodimlarga beriladigan moddiy yordamga JShDS boʻyicha imtiyozlar quyidagi tarzda qoʻllanilishi lozim
:
|
Moddiy yordam turi |
JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllanilishi |
|
Favqulodda vaziyatlar munosabati bilan koʻrsatiladigan moddiy yordam |
Yetkazilgan zarar miqdoridagi daromad hisoblanmaydi |
|
Vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga koʻrsatiladigan moddiy yordam |
Asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi. Bunda asosiy boʻlmagan ish joyidan moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning JShDS summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi |
|
Xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan moddiy yordam |
Asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilmaydi. Asosiy ish joyidan moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning JShDS summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda, soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi |
|
Bola tugʻilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan koʻrsatiladigan moddiy yordam |
|
|
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida koʻrsatiladigan moddiy yordam |
- favqulodda vaziyatlar bilan bogʻliq moddiy yordamga – imtiyoz toʻliq qoʻllaniladi;
- oila a’zosining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamga – imtiyoz qoʻllanilmaydi.
Bunda xodim quyidagi imtiyozlarni yoʻqotadi:
- moddiy yordam (sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi, bola tugʻilishi va nikohdan oʻtish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida koʻrsatiladigan) summasiga MHEKMning 4,22 baravari miqdorida soliq solinmaydigan tarzdagi imtiyoz
; - ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun soliq solinadigan jami daromadni MHEKMning 1,41 baravari miqdoriga kamaytirish tarzidagi imtiyoz
.
Vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga koʻrsatilgan moddiy yordam summasiga har qanday holatda, hatto bunday xodim avvalgi ish joyidan ma’lumotnoma taqdim etmagan boʻlsa ham, JShDS boʻyicha imtiyoz MHEKMning 4,22 baravari miqdorida qoʻllanilishi mumkin
.
Ma’lumotnoma taqdim etilganda, avvalgi asosiy ish joyi boʻyicha olingan daromadlarni hisobga olgan holda, soliq summasini qayta hisob-kitob qiling
».
- Moddiy yordam qanday toʻlanadi;
- Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam qanday toʻlanadi;
- Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladigan moddiy yordam qanday toʻlanadi;
- Xodim hisoblanmaydigan shaxslarga moddiy yordam qanday toʻlanadi;
- Davolanishga moddiy yordam qanday koʻrsatiladi;
- Chegirilmaydigan xarajatlar qanday aniqlanadi.
![]()