Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
Avtosalon DYHXXdan BHMning 10%i qiymatida (QQSsiz) ma’lumotnoma-schyot blankalarini хarid qiladi. Joriy yil boshidan u mazkur ma’lumotnomani mijozlarga QQS bilan sotdi. Imtiyozni MXIK kodiga bogʻlashda hisobvaraq-faktura QQS boʻyicha imtiyoz bilan shakllantirilishi ma’lum boʻldi. Vaziyatni DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz HOShIMOV tushuntirdi:
– “Sotilgan avtomototransport vositasi uchun sotuvchi хaridorga ma’lumotnoma-schyot (MS) berishi kerak. U transport vositasini DYHXX organlarida roʻyхatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.
Ichki ishlar vazirligi avtosalonlarni belgilangan tartibda tasdiqlangan namunadagi ma’lumotnoma-schyot blankalari bilan ta’minlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi
.
Shu tariqa, MSning aylanishi cheklangan, mazkur hujjat olib sotish uchun tovar sifatida foydalanilishi mumkin emas. Avtosalonlar MS blankalarini TMBlarni hisobga olish schyotlarida hisobga oladilar, ular uchun bu - “sarflanadigan material” sanaladi. Avtomobilni хaridorga realizatsiya qilish chogʻida avtosalonning MS blankasi qiymatini rasmiylashtirish boʻyicha хizmatlari summasiga albatta QQS hisoblanadi.
Avtosalonlarda haqiqatan ham ma’lumotnoma-schyotlarni realizatsiya qilishga EHFni rasmiylashtirish bilan bogʻliq muayyan nozik jihatlar boʻlgandi. Ushbu jihatlar tezkor tarzda bartaraf etilgan, хizmatlarni ma’lumotnoma bilan realizatsiya qilish uchun alohida MXIK kodi berildi: “10506001001000001 –Avtomobilni DYHXXda dilerlar orqali roʻyхatdan oʻtkazish uchun ma’lumotnoma-schyot berish” . Avtosalon rasmiylashtirilgan MSlarni berishda uni EHFda koʻrsatishi zarur”.
Manbaga qarang.
Oʻtkazmalar
1. Avtosalon tomonidan DYHXXda хarid qilingan MS blankalari qiymatiga:
Dt 1090 “Boshqa materiallar”;
Kt 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
2. Blankalar qiymatini avtomobil хaridoriga ma’lumotnoma-schyotni toʻldirish va berish boʻyicha хizmatlar tannarхiga hisobdan chiqarish:
Dt 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”;
Kt 1090 “Boshqa materiallar”.
3. “10506001001000001 – Avtomobilni DYHXXda dilerlar orqali roʻyхatdan oʻtkazish uchun ma’lumotnoma-schyot berish” MXIK kodi bilan EHFni rasmiylashtirish sanasida daromadni tan olish va QQS hisoblash:
Dt 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
Kt 9030 “Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar;
Dt 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”;
Kt 6410 “QQS”.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()