9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona jamoa shartnomasi asosida oʻzining sobiq xodimlari - pensionerlarga pul va sovgʻalar shaklida moddiy yordam koʻrsatadi. Ushbu toʻlovlardan JShDS va ijtimoiy soliq toʻlanadimi? Buni Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV buxgalter.uz uchun maxsus tushuntirdi:

– “Sobiq ish beruvchidan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar tomonidan olingan sovgʻalar hamda boshqa turdagi yordamga soliq davri - kalendar yil mobaynida MHEKMning 2,11 baravari doirasida JShDS solinmaydi
.
Agar sovgʻalar qiymati va (yoki) moddiy yordam summasining jami kalendar yil mobaynida MHEKMning 2,11 baravaridan oshsa, oshgan summadan JShDS hisoblab chiqaring, uni jismoniy shaxsdan ushlab qoling va byudjetga toʻlang (korxona - soliq agenti)
.
Ishlamaydigan pensionerlarga ajratilgan bunday toʻlovlar:
- jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga kiradi
; - ijtimoiy soliq solinmaydi, sababi mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar tarkibiga kiritilmaydi
”.
![]()