Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 1 iyulga qadar “E-aktiv” AATdan toʻlaqonli foydalanmagan soliq toʻlovchilarga ta’sir choralari qoʻllanilmaydi. Bunda dasturda hisobga olish 2022 yil 1 yanvardan majburiy boʻladi. DSQ ushbu resursni joriy etishning boshqa tafsilotlarini ham aniqlashtirdi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar va 50%dan ortiq davlat ulushiga ega kompaniyalar E-aktiv da quyidagilarni aks ettirishlari shart:
- ustav fondini oʻzgartirish, asosiy vositalar, tovar-moddiy resurslar va nomoddiy aktivlarni balansga hisobga olish bilan bogʻliq barcha operatsiyalar;
- 3 kun ichida - yaroqlilik muddati oʻtgan moddiy resurslarni hisobdan chiqarish va yoʻq qilish.
Bunda tizim dasturning tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich joriy qilinadi.
Hozir - I bosqichda: EHF va BYuD ma’lumotlari asosida kirim qilingan va realizatsiya qilingan tovarlarni avtomatik rejimda hisobga olish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Navbatdagi bosqichga tayyorgarlik koʻrilmoqda - tizimning boshqa avtomatlashtirilgan buхgalteriya hisobi dasturlari - 1S, 1UZ va boshqalar bilan integratsiya qilinishi davom ettirilmoqda. Keyinchalik bu tadbirkorlik sub’yektlarining E-aktiv bilan ishlashga хarajatlarini minimallashtirish imkonini beradi.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi