Toʻlov ilovalari va marketpleyslar cheklariga nisbatan talablar yangilandi

preview

1 fevraldan boshlab elektron savdo maydonchalari orqali tovarlar sotilganda hamda toʻlov tizimlari orqali хizmatlar uchun haq toʻlanganda shakllantiriladigan elektron cheklarda fiskal belgilar aks ettirilishi lozim .

 

Mazkur norma 2021 yil 1 dekabrdan joriy qilinishi rejalashtirilgan edi  biroq teхnik shart-sharoitlarni yaratish uchun ancha vaqt kerak boʻldi.

PQ-73-son qarorda quyidagi aniqlashtirish berilgan: fiskal belgi qoʻyilishi talabi «P2P» tranzaksiyalari va kredit toʻlovlari cheklariga taalluqli emas. 

Fiskal belgi onlayn-NKM chekining majburiy rekviziti boʻlib, uni soliq solishda avtomatik rejimda hisobga qabul qilinadigan noyob hujjatga aylantiradi.  Elektron chekdagi fiskal belgi tufayli tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mobil ilovalar yordamida hisob-kitob amalga oshirilganda bir tomonlama hisobvaraq-faktura taqdim etilishi yoki har bir tranzaksiyaga onlayn-NKM cheki urib berilishi shart boʻlmaydi.

Shuningdek elektron tranzaksiyalar cheklariga onlayn-NKM cheklari uchun majburiy boʻlgan boshqa rekvizitlar, jumladan QR-kod kiritilishi masalasi koʻrib chiqilmoqda. Foydalanuvchi uni skanerlab olib, fiskal ma’lumotlar operatorining serverida saqlanadigan cheklarning elektron versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Oleg GAYeVOY.

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text177572_tulov_ilovalari_va_marketpleyslar_cheklariga_nisbatan_talablar_yangilandi