Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Katta boʻlmagan turkumlar bilan import qilinadigan (faktura qiymati 5 ming AQSh dollarigacha) tovar uchun kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni qoʻshimcha tarzda olish zarurmi? Buni Bojхona brokerlari uyushmasi iltimosiga binoan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tushuntirdi.
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi 13.08.2010 yildagi 2131-son Nizom bilan tartibga solinadi.
Tovarlarning katta boʻlmagan turkumlarini (faktura qiymati 5 ming AQSh dollarigacha) kelib chiqishini tasdiqlash uchun eksportyor tovarning kelib chiqish mamlakatini hisobvaraq-fakturada yoki tovarga ilova qilingan boshqa tovarning kuzatuv hujjatlarida ushbu ma’lumotlarni tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni beradigan vakolatli organ tomonidan guvohlantirmasdan deklaratsiya qilishi mumkin.
Manba va vazirlikning javobiga qarang.
Agar siz TIF ishtirokchisi boʻlsangiz, albatta quyidagi tavsiyalarga e’tibor bering:
- Qanday qilib yukni bojхonadan oʻtkazish, bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqish va buхgalteriya hisobida aks ettirish mumkin;
- Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi;
- Import operatsiyalari qanday amalga oshiriladi.
![]()