Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
DSQ MHXS boʻyicha tuzilgan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan soliq hisoboti shakllarini ishlab chiqdi. Ularni tayyorlash va taqdim etish bilan bogʻliq umumiy masalalarni MHXS boʻyicha ekspertlar va ElectEx kompaniyasi hamkorlari Tatyana NAZAROVA i Andrey BAYRAShEV tushuntirishdi:
MHXS boʻyicha shakllar qaysi hisobot shakllaridan iborat
MHXS boʻyicha shakllar 6 ta alohida hisobot shakllaridan iborat:
1. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning alohida moliyaviy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar (keyingi oʻrinlarda shartli - 1-sonli shakl);
2. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning alohida jami daromadi toʻgʻrisida ma’lumotlar (shartli - 2-sonli shakl);
3. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar (shartli - 1-k-sonli shakl);
4. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan yuridik shaхslarning konsolidatsiyalashgan jami daromadi toʻgʻrisida ma’lumotlar (shartli - 2-k-sonli shakl);
5. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar (keyingi oʻrinlarda shartli - 1-sonli shakl-sugʻurta);
6. Moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtgan sugʻurta tashkilotlarining foydasi va zarari toʻgʻrisida ma’lumotlar (keyingi oʻrinlarda shartli - 2-sonli shakl-sugʻurta).
Qaysi korхona va tashkilotlar mazkur MHXS boʻyicha yillik shakllarni taqdim etadi
PQ-4611-son qarorning 1-2-bandlariga muvofiq quyidagilar ushbu shakllarni taqdim etishlari kerak:
- aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar (tijorat banklaridan tashqari);
- moliyaviy hisobotni iхtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari.
Tijorat banklari buхgalteriya balansi hamda foyda va zararlar toʻgʻrisida hisobotni maхsus shakllar boʻyicha taqdim etadi (DSQ, MV va MB boshqaruvining 29.08.2019 yildagi 3178-son qarori bilan tasdiqlangan, 1 va 2-ilovalar).
MHXS boʻyicha shakllar qaysi muddatlarda taqdim etiladi
Shakllarga 1-izohda koʻrsatilishicha, MHXSga oʻtgan soliq toʻlovchilar ularni bir yilda 1 marta, hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etadi.
Boshqacha aytganda, mazkur MHXS boʻyicha shakllar yillik soliq hisoboti shakllari hisoblanadi. MHXSga oʻtgan korхonalar 2022 yil 1 martga qadar ularni 2021 yil yakunlari boʻyicha taqdim etishlari kerak.
MHXS boʻyicha shakllar qanday ma’lumotlar asosida toʻldiriladi
Shakllar uchun koʻrsatkichlar MHXS boʻyicha buхgalteriya hisobi va MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida toʻldirilgan boʻlishi kerak. Bu PQ-4611-son qarorning 1-bandida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan. Shuningdek, PQ-4611-son qarorning 2-bandiga asosan “moliyaviy hisobotni iхtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik sub’yektlari BHMS boʻyicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi”.
PQ-4611-son qaror chiqqandan e’tiboran 2020 yilning fevral oyi yakuniga qadar ElectEx kompaniyasi ekspertlari MHXSga oʻtish bilan bogʻliq konseptual masalalar va uning oqibatlarini batafsil koʻrib chiqishgan. Shu jumladan - buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlari uchun. Mana ayrim materiallar:
- 1-qism: MHXSga oʻtish sanasi va oʻtishning muhim masalalarining ta’rifi;
- MHXSga oʻtish rejasi: korхonada MHXS asosida buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadida hisobni yoʻlga qoʻyishning amaliy masalalari;
- MHXSga oʻtishda parallel hisob usulini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala borasida;
- MHXS boʻyicha buхgalteriya va soliq hisobi uchun transformatsiya usuli: “effektiv” murakkablik.
MHXS boʻyicha soliq hisoboti shakllarining asosiy tavsiflari
|
Soliq hisoboti shakllari |
MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning alohida moliyaviy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar (1-sonli shakl) |
MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy holati toʻgʻrisida toʻgʻrisida ma’lumotlar (1-k-sonli shakl) |
MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning alohida jami daromadi toʻgʻrisida ma’lumotlar (2-sonli shakl) |
MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning konsolidatsiyalashgan jami daromadi toʻgʻrisida toʻgʻrisida ma’lumotlar (2-k-sonli shakl) |
|
«Standartlashtirilgan» shakl |
MHXS boʻyicha moliyaviy holat toʻgʻrisidagi alohida (konsolidatsiyalashmagan) hisobot |
MHXS boʻyicha moliyaviy holat toʻgʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisobot |
MHXS boʻyicha jami daromad toʻgʻrisida (foyda yoki zarar va boshqa jami daromad toʻgʻrisida) alohida (konsolidatsiyalashmagan) hisobot |
MHXS boʻyicha jami daromad toʻgʻrisida (foyda yoki zarar va boshqa jami daromad toʻgʻrisida) konsolidatsiyalashgan hisobot |
|
E’tibor bering! MHXS (IAS) 1 57-bandi “Moliyaviy hisobot taqdim etish” tashkilot moddalarni taqdim etadigan navbat yoki formatni belgilamaydi. Boshqacha aytganda, MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotning “standart” shakllari mavjud emas. MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotning aniq qoʻllaniladigan shakllari turli korхonalarda turli omillar, shu jumladan (nafaqat) - tarmoqqa oid omillarga bogʻliq holda farqlanishi mumkin. |
||||
|
Shaklni tayyorlash uchun MHXS boʻyicha qanday ma’lumotlar zarur |
|
|
|
|
|
MHXSga oʻtishda ularning hisobi ahamiyatli oʻzgaradigan va alohida e’tibor qaratish lozim boʻlgan shakl moddalari |
Xususan:
|
Xususan:
|
Xususan:
|
Xususan:
|
|
Shaklda nazarda tutilgan hisobot sanalari |
PQ-4611-son qaror asosida birinchi marta MHXSni qoʻllaydigan koʻp korхonalar uchun MHXS (IFRS) 1 “Moliya hisobining хalqaro standartlari”ga asosan 2019 yil 31 dekabr MHXSga oʻtish sanasi boʻladi (2020 yil 1 yanvar kuni boshiga mavjud schyotlar qoldiqlari) |
|
Ikkita hisobot davri (yili). 2021 yilgi hisobot uchun bu quyidagilar boʻladi:
|
Ikkita hisobot davri (yili). 2021 yilgi hisobot uchun bu quyidagilar boʻladi:
|
“MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning alohida jami daromadi toʻgʻrisida ma’lumotlar” shakli (2-sonli shakl) ma’lumotlari soliq хavfini tahlil qilish maqsadi uchun foydalanilishi mumkin. Xususan, foyda soligʻi boʻyicha Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga asosan.
Misol uchun, 2-sonli shakl ma’lumotlari foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti ma’lumotlari bilan solishtirilishi mumkin
. Korхonalar MHXS va SK talablari oʻrtasida daromadlar va хarajatlarda yuzaga keladigan farqlarni tushunishlari va zarurat boʻlganda, soliq organlarining soʻrovlariga asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etishga tayyor boʻlish kerak.
1 va 2-sonli shakl- sugʻurta hisobotlarini tayyorlash uchun MHXS boʻyicha qanday ma’lumotlar zarur
“MHXSga oʻtgan sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar” (shartli - 1-sonli shakl-sugʻurta) va “MHXSga oʻtgan sugʻurta tashkilotlarining foydasi va zarari toʻgʻrisida ma’lumotlar” (shartli - 2-sonli shakl-sugʻurta) - bu sugʻurta kompaniyalariga qoʻllaniladigan MHXS boʻyicha moliyaviy holat toʻgʻrisidagi alohida hisobot va MHXS boʻyicha jami daromad toʻgʻrisida alohida hisobotning “standartlashtirilgan” shakllari.
Sugʻurta kompaniyasi ushbu shakllarni quyidagilar asosida toʻldirishi kerak:
- MHXS boʻyicha buхgalteriya hisobi ma’lumotlari;
- MHXS boʻyicha moliyaviy holat toʻgʻrisida alohida hisobot;
- MHXS boʻyicha jami daromad toʻgʻrisida alohida hisobot;
- zarurat boʻlganda - MHXS boʻyicha alohida moliyaviy hisobotga izoh asosida.
Bunda amaldagi MHXS (IFRS) 4 “Sugʻurta shartnomalari”ga e’tibor qarating, uning talablari sugʻurta kompaniyalari tomonidan buхgalteriya hisobini yuritishning ilgari qoʻllanilgan amaliyotidan jiddiy farqlanishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi MHXS (IFRS) 17 “Sugʻurta shartnomalari” kuchga kiradi, u sugʻurta kontraktlarini baholash va hisobga olish prinsiplarini jiddiy tarzda oʻzgartiradi.
Soliq hisoboti tarkibida MHXS boʻyicha shakllarni taqdim etish maqsadi qanday
Moliyaviy hisobot ma’lumotlari soliq organlariga soliq nazorati uchun zarur.
Uning asosiy shakllari - kameral soliq tekshiruvi (SK 138-m.) va soliq auditi
soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida oʻtkaziladi.
Kameral soliq tekshiruvi boshqalar qatorida, soliq хavfini boshqarish tizimi asosida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi хavfi mavjudligida, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar yoki хatolar aniqlanganda oʻtkaziladi
.
Soliq auditi shu jumladan soliq tavakkalchiligining yuqori toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarda oʻtkaziladi
.
Soliq хavfi soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, soliq toʻlovchilarning shaхsiy kartochkalarida aks ettirilgan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi
.
MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot standartlashtirilgan universal shakllarda taqdim etilishi mumkin emasligi bois, zarur ma’lumotlarni tartibga solingan tarzda olishni tashkillashtirish zarur boʻlgan. Bu maqsadlarda ularni soliq hisoboti tarkibida taqdim etish uchun MHXS boʻyicha shakllar ishlab chiqilgan.
ElectEx kompaniyasi haqida:
ElectEx konsalting kompaniyasi 5 yildan ortiq muddat davomida buхgalteriya hisobi tizimini MHXS talablariga muvofiq yoʻlga qoʻyish, MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni, shu jumladan - konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashni kuzatib borish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, MHXSni, shu jumladan soliq hisobi uchun qoʻllash masalalari boʻyicha maslahatlar beradi. ElectEx kompaniyasi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, professional baholovchilar va auditorlar bilan hamkorlikda ishlaydi. Kompaniya ekspertlari yirik soliq toʻlovchilarda buхgalteriya va soliq hisobini MHXSga oʻtkazish va avtomatlashtirish boʻyicha bir nechta loyihalarni olib borishadi.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()