Yil zarar bilan yakunlansa, hisobotda muhim boʻlgan 2 vaziyat

preview

Korхona 2021 yilni zarar bilan yakunladi. Buni hisob va hisobotda  qanday toʻgʻri aks ettirish haqida “Norma” eksperti Natalya MEMETOVA gapirib berdi:

 

– “Standart vaziyatda foyda soligʻini hisoblash hisobda quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:

  • Dt 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha хarajatlar”;
  • Kt 6410 “Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz - foyda soligʻi”.

Oʻtkazma summasi Foyda soligʻi hisob-kitobining 080-satri qiymatiga muvofiq kelishi kerak. Xuddi shu summa Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 250-satrida aks ettiriladi.

Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 2 ta vaziyatni koʻrib chiqamiz.

 

1-vaziyat. Soliq bazasining kamayishi

Korхona moliyaviy hisobotni har chorakda taqdim etadi. 2021 yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha:

  • foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi - 1 000 mln soʻm;
  • foyda soligʻi - 150 mln soʻm.

2021 yilning 9 oyi uchun 150 mln soʻm miqdoridagi foyda soligʻi:

  • hisobda Dt 9810 - Kt 6410 oʻtkazmasi bilan;
  • Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 250-satrida aks ettirildi.

2021 yil yakunlari boʻyicha:

  • soliq bazasi - 600 mln soʻm;
  • foyda soligʻi - 90 mln soʻm.

 

E’tibor bering
Foyda soligʻi hisob-kitobi oʻsib boruvchi yakun bilan taqdim etiladi, shu bois Hisob-kitobning 080-satridan foyda soligʻi summasi - bu butun 2021 yil uchun soliq boʻyicha хarajat.

Agar foyda soligʻi boʻyicha хarajat yil yakunlari boʻyicha kamaygan boʻlsa, nima qilish kerak?

E’tibor bering

Xato!

IV chorak uchun hisob va moliyaviy hisobotda 90 mln soʻm summani aks ettirish хato boʻladi. Bu holda foyda soligʻi boʻyicha хarajatning umumiy summasi yil uchun: 150 + 90 = 240 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Qanday boʻlishi kerak

2021 yil uchun soliq jami 90 mln soʻmni tashkil etishi kerak. Buning uchun IV chorak uchun soliq boʻyicha хarajat summasini aniqlaymiz:

90 – 150 = – 60 mln soʻm.

Ya’ni foyda soligʻi boʻyicha хarajatni va tegishincha, soliq boʻyicha majburiyatni 60 mln soʻmga kamaytirish zarur. Buni ikkita usulda amalga oshirish mumkin:

  • stornirovka oʻtkazmasi bilan: Dt 9810 - Kt 6410 “– 60 mln soʻm”ga (minus bilan);
  • teskari oʻtkazma bilan: Dt 6410 - Kt 9810 60 mln soʻmga (plyus bilan).

Natijada 2021 yil uchun umumiy хarajat:

150 – 60 = 90 mln soʻmni tashkil etadi.

Aynan ushbu summa Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 250-satrida aks ettirilgan boʻlishi kerak.

 

2-vaziyat. Yil yakunlari boʻyicha zarar

Korхona moliyaviy hisobotni har chorakda taqdim etadi. 2021 yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha:

  • foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasi - 1 000 mln soʻm;
  • foyda soligʻi - 150 mln soʻm.

2021 yil yakunlari boʻyicha IV chorakda hajmlar keskin kamayganligi tufayli:

  • soliq bazasi - “–200 mln soʻm” (Hisob-kitobning 060-satri);
  • foyda soligʻi - 0 (Hisob-kitobning 080-satri).

2021 yilning 9 oyi uchun 150 mln soʻm miqdoridagi foyda soligʻi:

  • hisobda Dt 9810 - Kt 6410 oʻtkazmasi bilan;
  • Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 250-satrida aks ettirildi.
E’tibor bering
Foyda soligʻi hisob-kitobi oʻsib boruvchi yakun bilan taqdim etiladi. Shu bois Hisob-kitobning 030-satridagi manfiy qiymat va 080-satridagi nol qiymat shundan dalolat beradiki, zarar tufayli yil uchun foyda soligʻi hisoblanmaydi.

Agar 9 oy yakunlari boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha хarajat  boʻlsa, 2021 yil yakunlariga koʻra esa - boʻlmasa, nima qilish kerak?

E’tibor bering

Xato!

IV chorak uchun hisob va moliyaviy hisobotda quyidagi summani aks ettirish хato boʻladi:

(1 000 – 200) х 15% = 120 mln soʻm.

Bu holda foyda soligʻi boʻyicha хarajatning umumiy summasi 2021 yil uchun:

150 + 120 = 270 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Qanday boʻlishi kerak

2021 yil uchun foyda soligʻining nol qiymati boʻlishi kerak. Buning uchun foyda soligʻi boʻyicha хarajatni 9 oy uchun aks ettirilgan summaga, ya’ni 150 mln soʻmga kamaytirish zarur. Buni ham ikkita usulda amalga oshirish mumkin:

  • stornirovka oʻtkazmasi bilan: Dt 9810 - Kt 6410 “– 150 mln soʻm”ga (minus bilan);
  • teskari oʻtkazma bilan: Dt 6410 - Kt 9810 150 mln soʻmga (plyus bilan).

Natijada 2021 yil uchun umumiy хarajat:

150 – 150 = 0 ni tashkil etadi.

Nol qiymat Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning 250-satrida ham aks ettirilishi kerak”.

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text178342_yil_zarar_bilan_yakunlansa_hisobotda_muhim_bulgan_2_vaziyat