Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
2022 yil 1 yanvardan boshlab majburiy talab - QQSning salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish bekor qilindi
. Endi salbiy summa oʻrnini qanday qoplash yoki hisobga olishni, buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQning QQS ma’muriyatchiligi boshqarmasi boshligʻi Furqat QOʻShChONOV tushuntirdi.
– “Soliq toʻlovchining shaхsiy kabinetida elektron shakllarda 10006_30 kodi bilan QQS hisob-kitobining yangilangan shakli joylashtirilgan. Unda - “QQS toʻlovchisi toʻgʻrisida ma’lumotlar” boʻlimida - soliqning salbiy summasini qoplashga taalluqli jadval mavjud.
Hisob-kitobning 030-satri soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda toʻldirilishi bois, soliq toʻlovchi jadvalda faqat moviy rang bilan belgilangan satrlarni toʻldiradi. Bu quyidagilarni tanlash imkonini beradi:
- qoplash yoki QQS boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olish;
- qoplash tartibi - umumiy yoki tezlashtirilgan tartib.
Soliq toʻlovchi hisobotni yuborgandan soʻng, soliq organi Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda qoplash (qaytarish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida soliq toʻlovchi shaхsiy kabinet orqali хabardor qilinadi”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi