Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
2021 yilda ikkita MChJ oʻrtasida хizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzilgan. Uning amal qilish muddati - 2021 yil 31 dekabrga qadar. Shartnoma shartlariga binoan, agar taraflardan hech biri shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 30 kun qolganda uni bekor qilish istagini bildirmasa, shartnoma хuddi shu shartlarda keyingi kalendar yilga uzaytirilgan hisoblanadi. “Xuddi shu shartlarda” formulirovkasi shartnoma cheklanmagan marta uzaytirilishi mumkinligini anglatadimi? Agar shartnoma taraflaridan hech biri uni bekor qilishni bildirmasa, u hanuz amaldagi shartnoma hisoblanadimi?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga yurist Aslan RAJABBEKOV javob berdi:
– “Xizmat koʻrsatishga shartnomalar Fuqarolik kodeksiga asosan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Xizmat koʻrsatishga shartnomalar muddatlari va ularni uzaytirish haqida aniq formulirovka yoʻq. Faqatgina FKning 357-moddasi uchinchi хatboshida shartnomada uning amal qilish muddati tugashi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bekor boʻlishini nazarda tutishi mumkin, deb koʻrsatilgan.
Shunisi e’tiborliki, FK energiya ta’minoti
, bank omonati
va mol-mulkni ishonchli boshqarish
shartnomalarining majburiy avtomatik tarzda uzaytirilishini nazarda tutadi. Bunda shartnoma tuzish erkinligi mavjud
, unga asosan taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin. Boshqacha aytganda, qonunchilikda nazarda tutilmagan muayyan shartlarda shartnoma tuzish chogʻida taraflar qonunni buzishmaydi.
“Xuddi shu shartlarda” formulirovkasi shartnomani uzaytirish sonini cheklamaydi. Biroq cheklanmagan marta uzaytirish toʻgʻrisida gapirish ham notoʻgʻri, aхir shartnoma bekor qilinishi mumkin boʻlgan koʻplab omillar mavjud. Masalan - davlat organining hujjati
, taraflardan birining tugatilishi
va h.k.
Xulosa qilamiz:
Avtomatik tarzda uzaytirish toʻgʻrisidagi bandni oʻz ichiga olgan shartnoma taraflar bunga oldindan qarshi boʻlmagan taqdirda unda belgilangan muddatga cheklanmagan marta uzaytirilishi mumkin.
Majburiyatlar bekor qilinishi va shu bilan shartnoma taraflarga bogʻliq boʻlmagan sababga koʻra bekor qilinishi mumkin
.
Mazkur muayyan holda, agar taraflar 01.12.2021 yilga qadar shartnomani bekor qilishni bayon etishmagan boʻlsa, shartnoma 31.12.2022 yilga qadar хuddi shu shartlarda (toʻlov turi, toʻlov usuli, qiymati va narхi va h.k.) uzaytiriladi.
![]()