8 Martga bayram tadbirini minimal soliq oqibatlari bilan uyushtirish

preview

Koʻplab korxonalar 8 Martga bayram tadbirlarini tashkil etishadi. Buxgalter.uz tadbirlarni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish va bunda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishini tushuntiradi.

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Birinchi navbatda rahbar bayram tadbirini uyushtirish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va bayramni uyushtirish (joyni izlab topish, sovgʻalar, gullarni sotib olish va h.k.) uchun javob beradigan mas’ul ijrochini tayinlaydi.

Barchasining haqi quyidagi tarzda toʻlanishi mumkin:

  • pul oʻtkazish yoʻli bilan – bazm uyushtirish xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga asosan. Xarajatlar shartnoma, hisobvaraq-faktura, bank koʻchirmasi bilan tasdiqlanadi;
  • korporativ plastik karta orqali. Terminal cheki, onlayn-NKT cheki qilingan sarf-xarajatlarni tasdiqlaydi.

Korxona xodimi – hisobdor moddiy javobgar shaxs:

1) xarajat qilganidan soʻng 10 kundan kechiktirmay KPK orqali xarajatlar boʻyicha hisobot berishi;

2) xarajatlarni tasdiqlovchi barcha hujjatlarni hisobotga ilova qilishi kerak :

  • terminal cheklari;
  • banket uchun mahsulotlarni xarid qilish dalolatnomalari;
  • bayram tadbirini (banketni) oʻtkazish uchun shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar va banketda koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar.

 

Korxona uchun soliq oqibatlari

Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (schyot 9430)  ( «Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bogʻliq boʻlmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari»ning 2.3.6-b.) muvofiq  bayram uchun toʻlanadigan haqni xarajatlar sifatida malakalaydi.

Foyda soligʻi boʻyicha SK 317-moddasi 13-bandiga muvofiq bunday xarajatlar soliq solinadigan foydani aniqlash chogʻida chegirilmaydi.

Kafe (restoran) xizmatlari va mahsulotlar qiymatida toʻlangan QQS hisobga olinmaydi .

Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar uchun ushbu operatsiya soliq oqibatlariga olib kelmaydi.

 

Xodimlar uchun soliq oqibatlari

Yuridik shaxsning bayram tantanalarini oʻtkazish xarajatlari xodimlarning jami daromadiga kiritilmaydi, sababi muayyan shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi .

 Sovgʻalar va gullar shartnomaga koʻra bayram tadbirini uyushtirishga kirsa, masalan, gullar bilan bayram stollari bezatilsa, sovgʻalarni esa tanlov davomida taqdim etsangiz, uni jismoniy shaxslarning daromadlariga emas, balki dam olishni uyushtirish xarajatlariga kiritish mumkin. Sovgʻalar va gullar bayram tadbirini uyushtirishga kirmasa, balki har bir xodima uchun 8 Martga atab alohida sotib olingan va berilgan (taqdim etilgan) boʻlsa, ularni qanday hisobga olish lozimligi, bu qanday soliq oqibatlariga olib kelishi haqida quyidagi tavsiyada batafsil soʻz yuritganmiz:

 

Buxgalteriya provodkalari:


Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

Mablagʻlar hisob-kitob schyotidan korporativ plastik kartochkaga oʻtkazildi

5530

5110

Terminal chekiga koʻra restorandagi banket uchun korporativ plastik kartochka orqali oldindan haq toʻlangani aks ettirildi

4290

5530

Dalolatnoma va terminal cheklariga koʻra banket uchun mahsulotlar xarid qilingani aks ettirildi (QQSni oʻz ichiga oladigan qiymati boʻyicha)

1090

Hisobdor xodimning hisoboti va restoranda berilgan EHFga koʻra:

bayramni oʻtkazish uchun restoran xizmatlari sarf-xarajatlariga hisobdan chiqarildi (QQSni oʻz ichiga oladigan qiymati boʻyicha)

9430

4290

bayram uchun xarid qilingan mahsulotlar va ichimliklar sarf-xarajatlarga hisobdan chiqarildi

1090

 

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text179423_8_martga_bayram_tadbirini_minimal_soliq_oqibatlari_bilan_uyushtirish