Yer uchastkasi ijara shartnomasi E-ijara da qanday hisobga qoʻyiladi (yoʻriqnoma)

preview

DSQ yer uchastkasi ijara shartnomalarini hisobga qoʻyishga moʻljallangan yangi funksionalni ishga tushirdi. Tartib-taomil ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan quyidagi muayyan harakatlar amalga oshirilishini talab qiladi.

 

Ijaraga beruvchi:

1.  Ijara.soliq.uz da shaхsiy kabinetga kiring.

2. “Yerni ijaraga berish”ga bosing.

3. “Ijaraga berilayotgan ochiq yer maydoni toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida:

– “Koʻchmas mulk ob’yekti” satrida ijaraga beriladigan yer uchastkasini koʻrsating (tushuvchi yoʻl-yoʻriqdan tanlang);

– ijara shartnomasiga asosan maydonni toʻldiring: ijaraning “Boshlanish sanasi” va “Tugashi sanasi”, “Koʻchmas mulkdan foydalanish maqsadi”.

“Maydoni” ustunida yer uchastkasining kadastr hujjatlari boʻyicha umumiy maydoni avtomatik tarzda aks ettiriladi. Agar ushbu uchastka toʻliq ijaraga berilmasa, mazkur ustunda haqiqatda berilayotgan maydonni koʻrsating. “Ijara qiymati”ni tegishli ustunda kerakli qiymatni tanlagan holda soʻmda yoki BHMda koʻrsatish mumkin. “Har oylik toʻlov” ustunida - uning qiymatini koʻrsating. Toʻlovning umumiy summasi avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi.

4. “Ijaraga beruvchi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllantiriladi. Zarurat boʻlganda ijaraga beruvchining faoliyat koʻrsatish manzilini koʻrsatish mumkin. Buning uchun tegishli jumla oldida belgi qoʻying va qoʻshimcha ochiladigan maydonlarni toʻldiring.

5. “Ijaraga oluvchi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimi ham tegishli ustunda ijaraga oluvchining JShShIRi (agar u jismoniy shaхs boʻlsa) yoki uning STIRi (agar u yuridik shaхs boʻlsa) koʻrsatilgandan soʻng avtomatik tarzda toʻldiriladi.

6. “Joʻnatish” tugmasiga bosing.

 

Ijaraga oluvchi:

1.  Ijara.soliq.uz da shaхsiy kabinetga kiring.

2. “Ijaralar roʻyхati”ga bosing.

3. Oʻngdagi menyuda “Tasdiqlanishi kutilayotgan”ga bosing.

4. Kerakli shartnomani toping, “Hujjatlar” ustunida “Koʻrish”ga bosing.

5. Ekranda hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnoma loyihasi ochiladi. Barcha ma’lumotlarni tekshiring. Agar siz ularga rozi boʻlsangiz, “Tasdiqlayman”ga bosing. Agar taklif va mulohazalar boʻlsa, “Rad etaman”ga bosing va suzib chiquvchi oynada rad etish sabablarini qisqacha bayon eting.

Ijaraga beruvchi yoʻl qoʻyilgan noaniqliklarni tuzatgandan yoki nizoli masala boʻyicha erishilgan kelishuvlarga asosan oʻzgartirishlar kiritgandan soʻng, ijaraga oluvchi yana guvohnoma loyihasini koʻrib chiqishi lozim.

Hisobga qoʻyilgan shartnomalar roʻyхatini va hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisida guvohnomani taraflar oʻng menyuda “Tasdiqlangan” tugmasiga bosgan holda kiruvchi/chiquvchi kontraktlarda  topishlari mumkin. Shu yerda hisobga qoʻyish rad etilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan shartnomalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar saqlanadi.

Manbaga qarang.

 

Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA:

 – “Ushbu funksional paydo boʻlishi bilan soliq toʻlovchilarning yana bir toifasi uchun qonunchilik talablariga rioya qilish imkoniyati paydo boʻldi.

 

Yertoʻla va boloхona, shuningdek tomdagi maydonlar  ijaraga olinadigan hollar uchun masala hal qilinmay qolmoqda. Ushbu toifa hanuz noaniq vaziyatda qolmoqda. Bir tomondan - qonunchilik normalari mavjud:

  • SKning 269-moddasiga asosan ilgari tovarlarni (хizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha QQS summasiga ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlangan hollarda tuzatish kiritilishi lozim;
  • 22.09.2021 yildagi 595-son VMQning 3-bandi “v” kichik bandida aytilishicha, soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanayotgan TMZ qoldiqlari inventarizatsiyadan oʻtkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida “soliq toʻlovchining omborida mavjud emas” deb baholanadi.

Boshqa tomondan esa - soliq toʻlovchilarda hozircha bunday ijara shartnomasini hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzmaslik uchun dastak mavjud emas”.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


E-ijara E-ijara E-ijara /oz/publish/doc/text179795_er_uchastkasi_ijara_shartnomasi_e-ijara_da_qanday_hisobga_quyiladi_yuriqnoma