9 oyni xatolarsiz yopamiz:
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxonani qayta tashkil etish natijasida QQS toʻlovchisi boʻlmagan korxona roʻyxatga olindi. Unga oʻtkazilgan materiallar va asosiy vositalar boʻyicha hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish zarurmi? Buni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:
– Mol-mulkini huquqiy vorisga oʻtkazish chogʻida qayta tashkil etilayotgan korxona QQS hisoblamaydi, sababi bunday oʻtkazish soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi
.
Bunda, agar huquqiy voris QQS toʻlovchi boʻlmasa, qayta tashkil etilayotgan korxona hisobga olish uchun qabul qilingan QQS summasiga tuzatish kiritishni (tiklashni) amalga oshirishi kerak
.
Tuzatish kiritish yetkazib beruvchilar tomonidan qayta tashkil etilayotgan korxonaga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida huquqiy vorisga toshirish dalolatnomasi boʻyicha oʻtkazilgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar, koʻchmas mulk ob’yektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha soliqqa qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu ob’yektlarning balans qiymatiga toʻgʻri keladigan, ilgari bu ob’yektlar boʻyicha hisobga olingan summadan kelib chiqqan holda tuzatish kiriting
.
. Agar oʻtkazilayotgan TMZ oldinroq xarid qilingan boʻlsa, ular boʻyicha tuzatish kiritishni amalga oshirish shart emas.QQS toʻlovchisi QQS toʻlovchi boʻlmagan huquqiy vorisga quyidagilarni oʻtkazadi:
- tannarxi 50 000 ming soʻm boʻlgan materiallar (ulardan tannarxi 40 000 ming soʻm boʻlgan materiallar oldingi oxirgi 12 oy ichida xarid qilingan);
- uskuna (asosiy vosita).
Barcha oʻtkazilayotgan materiallar QQS bilan xarid qilingan, ularni xarid qilish chogʻida soliq belgilangan tartibda hisobga olishga qabul qilingan.
Uskuna ham QQS bilan xarid qilingan. Uskunaning boshlangʻich qiymati - 20 000 ming soʻm, qayta tashkil etish paytida hisoblangan amortizatsiya - 750 ming soʻm, qayta baholash oʻtkazilmagan.
Huquqiy voris - QQS toʻlovchi boʻlmaganligi bois, korxona oʻtkazilayotgan materiallar va asosiy vosita boʻyicha hisobga olingan summaga tuzatish kiritishi kerak.
Tuzatish kiritilishi (tiklanishi) lozim boʻlgan QQS summasi quyidagini tashkil etadi:
- materiallar boʻyicha - 6 000 ming soʻm (40 000 x 15%);
- uskuna boʻyicha - 2 887,5 ming soʻm ((20 000 – 750) x 15%).
Ushbu summa byudjetga toʻlash uchun tiklanishi va oʻtkazilayotgan materiallar va uskuna qiymatiga kiritilishi yoki foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladigan xarajatlarga kiritilishi lozim
.
Buxgalteriya hisobida hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritish quyidagi tarzda aks ettiriladi:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Huquqiy vorisga oʻtkazilayotgan materiallar boʻyicha QQS summasiga tuzatish kiritildi (tiklandi) |
6 000 |
yoki |
|
|
Oʻtkazilayotgan uskuna boʻyicha uning balans (qoldiq) qiymatiga toʻgʻri keladigan QQS summasiga tuzatish kiritildi (tiklandi) |
2 887,5 |
yoki |
|
QQSni hisobga olish va unga tuzatish kiritish haqida bu yerda qoʻshimcha oʻqing:
![]()