Valyuta bilan ishlovchi buхgalterlar uchun yangi yoʻnalishlar:
“Tashkilot mol-mulkni mustaqil baholash uchun baholovchilarni jalb qildi. Natija 1 kv. metr uchun minimal qiymatdan past boʻldi. Mol-mulk qiymatini balansda oʻzgartirish kerakmi? Amortizatsiya hisob-kitobida qayta baholash natijalarini hisobga olish zarurmi? Agar zarur boʻlsa, u holda mahsulotlar qiymati bir necha baravar oshib ketadi”...
Mustaqil baholash natijalari bilan qanday yoʻl tutishni Moliya vazirligi Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA tushuntirib berdi:
– 2022 yil 1 yanvardan boshlab binolar va inshootlar (shu jumladan - toʻliq amortizatsiya qilingan) boʻyicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
- Toshkent shahrida - 2 500 000 soʻm;
- Nukus shahrida va viloyat markazlarida - 1 500 000 mln soʻm;
- boshqa shaharlarda va qishloq joylarda - 1 000 000 soʻm
.
Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari viloyatlar Kengashlari eng kam qiymatga hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, tumanlarda - 0,5 gacha boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishlari mumkin.
Agar ob’yektning 1 kv. metri qiymati minimal qiymatdan past boʻlsa, tashkilotlar 2022 yil 1 oktyabrga qadar koʻchmas mulk ob’yektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunday baholashning natijalari mol-mulk soligʻining soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
Agar siz mustaqil baholashni amalga oshirgan boʻlsangiz, koʻchmas mulkning baholangan qiymatini minimal qiymat bilan taqqoslang. Soliqni kamroq summadan kelib chiqib hisoblab chiqaring.
Mol-mulk soligʻi solish maqsadlarida amalga oshirilgan mustaqil baholash buхgalteriya hisobida aks ettirilmaydi. Biroq, agar sizning hisob siyosatingizda uzoq muddatli aktivlarni moliyaviy hisobotda joriy qiymati boʻyicha aks ettirish maqsadida ularni davriy qayta baholashni amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, siz qayta baholash natijalarini buхgalteriya hisobida aks ettirishga haqlisiz.
![]()