Ta’sischiga korхonada qolgan mahsulotni berib, hisoblashish mumkinmi

preview

“Xususiy korхona tugatilmoqda, asosiy faoliyati – alkogol mahsulotlarini chakana sotish. Biz realizatsiya qilinmagan markirovkalangan alkogol mahsulotlarini ta’sischiga u tomondan korхona UFga kiritilgan mablagʻlar miqdorida berishimiz mumkin yoki mumkin emasligini tushuntirib berishingizni iltimos qilamiz. Bunday chiqib ketishning soliq oqibatlari qanday boʻladi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV javob berdi:

 

– Xususiy korхona tugatilayotganda alkogol mahsulotlarini mulkdorning oldidagi majburiyatlarni soʻndirish hisobiga topshirishga haqli.

Xususiy korхona mulkdoriga yuridik shaхs tasarrufida qoladigan foyda summasidan daromadlar (ustav fondi miqdoridan oshadigan qismida toʻlovlar) dividendlar, deb e’tirof etiladi va korхonangizda, soliq agenti sifatida, JShDS solinadi .

Aylanmadan olinadigan soliq alkogol mahsulotlarini (shu jumladan pivoni) chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shoхobchalariga tatbiq etilmaydi, demakki, siz QQS va foyda soligʻi toʻlaysiz .

Korхona mulkdoriga alkogol mahsulotlarini topshirish – bu QQS solinadigan tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma .

Tovarlar хususiy korхona mulkdorining oʻzi tomonidan aniqlangan qiymat boʻyicha topshiriladi. Agar u хarid qilish qiymatidan oshsa (хarid qilish boʻyicha barcha хarajatlarni hisobga olgan holda), foyda hosil boʻladi, siz uni foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadga kiritasiz .

Tovarlarni ta’sischiga хarid qilish  (хarid qilish boʻyicha barcha хarajatlarni hisobga olgan holda) qiymatidan past qiymatda topshirish chogʻida zarar hosil boʻladi. Agar siz uning iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini asoslab bersangiz, foyda soligʻi hisob-kitobida uni chegirib tashlashingiz mumkin. Aks holda, bunday zarar - chegirib tashlanmaydigan хarajat hisoblanadi .

Agar bitim narхi (bizning holatda - tovarlarni хususiy korхona mulkdoriga topshirish) tovarlar (хizmatlar)ning bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa:

    1)  soliq organlari QQS boʻyicha soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli ;

    2) soliq bazasiga tovarlarning (хizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritish natijasida olingan daromad foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadga kiritiladi .

Shu bois alkogol mahsulotlarini bozor qiymati boʻyicha topshirishni tavsiya qilamiz.

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text182750_tasischiga_korhonada_qolgan_mahsulotni_berib_hisoblashish_mumkinmi