Tovar-transport yukxatini kim va qanday toʻldiradi

preview

“Korxona birja orqali sement sotib oldi va tovarni tashishga transport tashkilotini jalb qildi. Yetkazib beruvchi tovarni joʻnatishni rad etdi, sababi korxona tovar-transport yukxatini taqdim etmagan va TTYuni elektron provayder orqali joʻnatishni talab qilgan”. 

Bu vaziyatda yetkazib beruvchi haqmi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit metodologiyasi departamenti direktori oʻrinbosari Asal XAShIMOVA tushuntirdi:

 

– Yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida tashiladi . Bunday shartnomaning tuzilganligi tovar-transport hujjatlari bilan tasdiqlanadi.

Tovar-transport hujjatlari – bu uning asosida quyidagi xoʻjalik operatsiyalari rasmiylashtiriladigan va hisobga olinadigan yuridik hujjatlar toʻplami:

  • yukni qabul qilish, berish, tashish va topshirish;
  • bajarilgan avtotranport ishlari va xizmatlari uchun hisoblashish.

Tovar-transport yukxati (TTYu) yuk toʻgʻrisidagi asosiy ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi va tovar-transport hujjatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yuk tarkibida ogʻish aniqlanganda TTYu ma’lumotlari majburiy tekshiriladi. Shu bois u toʻgʻri va belgilangan shaklda toʻldirilgan boʻlishi kerak.

E’tibor bering
  1. Yuklarni TTYusiz tashish taqiqlanadi.
  2. Yuklarni avtomobil transportida tashishlarga oid TTYu yukni joʻnatuvchi tomonidan har bir safar uchun har bir yuk oluvchi nomiga alohida 4 nusxada rasmiylashtiriladi. Ayrim hollarda TTYu 3 nusxada rasmiylashtiriladi .

Hozirgi vaqtda TTYuni elektron hujjat aylanishining axborot tizimlari orqali rasmiylashtirish boʻyicha alohida normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Shu bois, ushbu masalani oʻz yetkazib beruvchingiz bilan shartnoma tartibida hal qilishni tavsiya qilamiz. Keyinchalik esa tomonlar kelishuviga binoan yuk tashish shartnomasiga elektron TTYuni rasmiylashtirish boʻyicha muhim shartlarni kiriting.

 

 

TMZ TMZ TMZ /oz/publish/doc/text182778_tovar-transport_yukhatini_kim_va_qanday_tuldiradi