9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Qiymati BHMning 10 baravaridan ortiq boʻlgan noutbukni sotib oldik, uni “inventar va xoʻjalik jihozlari”ga kiritdik. Agar qiymatini kechiktirilgan xarajatlar orqali hisobdan chiqarsak, balansdan tashqari 014-schyotida uni qanday toʻgʻri aks ettirishimiz mumkin?”.
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Inventar va xoʻjalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan TMZlar kiritiladi
:
1) xizmat muddati 1 yildan oshmaydigan;
2) xizmat muddatidan qat’i nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda boʻlgan TMZ.
Siz IXJni foydalanishga topshirganingizda IXJning vazifasiga qarab ularning qiymati - ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga toʻliq hisobdan chiqariladi. Keyinchalik siz quyidagilarni qayd etgan holda foydalanish muddati davomida tannarxi boʻyicha ularning operativ miqdoriy hisobini yuritasiz
:
- foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil);
- foydalanish joyi;
- moddiy javobgar shaxslar.
Balansdan tashqari 014-schyotida IXJ qiymatini bir yoʻla toʻliq miqdorda - ularni foydalanishga berish sanasida aks ettirish zarur
.
Agar IXJ keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan boʻlsa, ularni hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqaring
.
Agar IXJning qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytidagi BHMning 10 baravaridan ortiq boʻlsa, tashkilot foydalanishga berishda ularning qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin
.
Kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish (ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish) ikki usuldan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
1) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
2) teng me’yoriy usulda.
Agar siz qiymatni hisobdan chiqarishning birinchi usulidan - qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarishdan foydalansangiz, kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural koʻrsatkichidan hamda IXJ tannarxining ularni foydali ishlatish muddatida ishlab chiqarishning taxminiy hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda hisobdan chiqaring.
IXJ qiymatini teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish ularning tannarxidan hamda foydali xizmat muddatiga asoslanib hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi
.
Qoʻllaniladigan usulni korxonaning Hisob siyosatida mustahkamlang
.
Agar IXJni hisobga olish va hisobdan chiqarish shartlari sizning Hisob siyosatingizda belgilanmagan boʻlsa, bunday mol-mulkni foydalanishga berishda ushbu operatsiyani bir vaqtning oʻzida 014-schyotida “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” aks ettirgan holda uni ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga toʻliq hisobdan chiqaring.
Tashkilotning HSda hisobdan chiqarishning teng me’yoriy usuli mustahkamlangan. Noutbukning qiymati har oyda ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladi:
12 000 : 60 oy = 200 ming soʻm.
Oʻtkazmalar:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Noutbukning qiymati kechiktirilgan xarajatlarga hisobdan chiqarildi |
12 000 |
||
|
Tannarxi balansdan tashqari schyotga kiritildi |
12 000 |
|
|
|
5 yil davomida har oy hisobdan chiqarish |
200 |
||
|
Foydalanish muddati tugagach, noutbuk balansdan tashqari schyotdan ham hisobdan chiqarilishi kerak |
12 000 |
|
|
![]()