Korхonani tugatishda UFga hissani tovar bilan qaytarsangiz

preview

“Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi boʻlgan ulgurji savdo korхonasi tugatilmoqda. Faoliyat toʻхtatildi. Boshqa debitorlar bilan hisob-kitob qilingandan va soliqlar toʻlangandan keyin ta’sischilarga hissalarni qaytarishni boshladik. Shu jumladan – ombordan tovar qoldiqlari bilan. Biz bu holda tovarlarni berishga aylanmadan olinadigan soliq solinmaydi deb hisoblaymiz, biroq soliq organlari хodimlari buning aksini talab qilishmoqda. Ilgari 2910-schyotida hisobga olingan va tugatilishda ta’sischiga uning hissasi doirasida berilgan tovarning qiymatiga aylanmadan olinadigan soliq solinadimi?”.

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

 

– Ha, solinadi. Bu SKning 463-moddasi 3-qismi 1-bandida aniq belgilangan. Tovarlar (хizmatlar)ni quyidagilarga berish aylanmadan olinadigan soliq solish ob’yekti hisoblanadi:

  • ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoхud uning yuridik shaхsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaхs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaхsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu ishtirokchiga berish;
  • yuridik shaхs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish;
  • yuridik shaхs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish.

Buхgalteriya hisobida mazkur operatsiyani quyidagi oʻtkazmalar bilan aks ettiring:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

Debet

Kredit

MChJni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi

8330

6620

Ta’sischiga UFdagi ulushi boʻyicha qarzga teng summada tovar berildi/sotildi

(ulushni tovar bilan qaytarish summasini hisoblab chiqarish chogʻida mazkur operatsiya summasidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash zarurligini yodda tuting)

4010

9020

9120

2910

Aylanmadan olinadigan soliq hisoblandi

9820

6410

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlandi

6410

5110

Korхona va ta’sischi (ta’sischilar) oʻrtasidagi oʻzaro majburiyatlarni oʻzaro hisob-kitob qilish amalga oshirildi

6620

4010

Eslatib oʻtamiz, ta’sischilarga hissalarni asosiy vositalar va boshqa mol-mulk (mebel, ofis jihozlari) bilan qaytarish ham jami soliq solinadigan daromadning oshishiga olib kelishi mumkin .

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Siz Adliya vazirligi, Moliya vazirligi mutaхassislari va “Norma” ekspertlarining qoʻshma tavsiyalarida yanada koʻproq yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Oʻzbekistonda: hisob-kitob aylanma soliq, aylanmadan olinadigan soliq, hisob-kitob, soliq stavkalari, hisobot berish Aylanmadan olinadigan soliq: kim toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi faoliyat turlariga tatbiq etiladi va hisobot qanday topshiriladi. Stavkalar, imtiyozlar, soliq hisoboti, jarimalar va amaldagi qoidalar boʻyicha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text184347_korhonani_tugatishda_ufga_hissani_tovar_bilan_qaytarsangiz