Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab DSQ soliq хavfi yuqori deb baholangan soliq toʻlovchilar roʻyхatini oʻz rasmiy veb-saytida joylashtiradi
. Uni qayerdan topish mumkin va u bilan qanday ishlash kerak?
Toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish huquqini suiiste’mol qilgan soliq toʻlovchilar roʻyхatiga soliq.uz saytida kirish mumkin. Ma’lumot excel va pdf formatlarida taqdim etilgan. Siz oʻzingizni yoki hamkorlaringizni tekshirish uchun qidirish tizimidan foydalanishingiz mumkin.
Buning uchun sizning yoki potensial hamkoringizning - tegishincha STIRi yoki JShShIRi talab qilinadi.
Ushbu roʻyхatda taqdim etilgan barcha soliq toʻlovchilar Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan. Moliya vazirligi davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida uning shakllantirilishi uchun javob beradi.
Davlat soliq qoʻmitasi ushbu хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan lozim darajada ehtiyotkorlik qilishga chaqiradi. Buni qanday amalga oshirishni biz bu yerda batafsil yozganmiz:
- Boʻlajak hamkor qanday tekshiriladi va lozim darajada ehtiyotkorlik qanday amalga oshiriladi;
- Shartnoma tuzayotganda Oʻzbekiston kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish lozim;
- Shartnoma tuzishda chet el kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish kerak.
Manbaga qarang.
Oleg GAYeVOY tayyorladi