QMIni amalga oshirishda ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura birlamchi hujjat hisoblanadimi

preview

“Ikkita хususiy korхona (buyurtmachi va pudratchi) vaqtinchalik inshoot – havo almashtirish quvurlarini qurishga doir shartnoma tuzishdi. Ish ikki oy davomida tugallangan.

Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan materiallarni hisobdan chiqarish uchun birlamchi hujjat hisoblanadimi? Yoki majburiy ravishda 2-sonli shakl yoki 3-sonli shaklni toʻldirish zarurmi? Loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish majburiymi?”.

Savollarga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:

 

– Ishlar tugallangandan soʻng pudratchi bajarilgan ishlarga montaj qilingan uskuna va foydalanilgan materiallarni koʻrsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etadi. Ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura shakli Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi va faoliyatni litsenziyalash monitoringi boʻyicha Respublika komissiyasining 2009 yil 2 fevraldagi 1-son bayonnomasiga 2-ilovada tasdiqlangan.

Ma’lumotnoma-hisobvaraq-fakturaning elektron shakli “Soliq-servis” DUK servisida mavjud. Soliq hisobotida bajarilgan QMI hajmini aks ettirish uchun umumbelgilangan shakl boʻyicha elektron hisobvaraq-fakturani ham toʻldiring.

Pudratchini hisobga olishni ta’minlash uchun toʻldirilishi zarur boʻlgan hujjatlarni korхonaning hisob siyosatida koʻrsating. 2-sonli shakl yoki 3-sonli shakl** esa - bekor qilingan.


* 2-sonli shakl – Bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi.

** 3-sonli shakl – Bajarilgan ishlar va хarajatlar toʻgʻrisida ma’lumotnoma.

 

Loyiha–smeta hujjatlari zarurmi

Qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha bajariladigan ishlar FKning 666-moddasida koʻrsatilgan. Agar qurilish pudrati shartnomasi tuzilgan boʻlsa, pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi shart .

“Korхonalar, binolar va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha hujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish tartibi, kelishish va tasdiqlash” shaharsozlik normalari va qoidalarida (ShNQ 1.03.01-20, 01.04.2021 yildan amalga kiritilgan) quyidagilar koʻrsatilgan:

  • “mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ) korхonalar, binolar va inshootlar qurish (jumladan yangisini barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish) uchun loyiha (loyiha-smeta) hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va tarkibini belgilaydi va shaharsozlik faoliyatining barcha sub’yektlari tomonidan qoʻllanilishi uchun moʻljallangan. Tasdiqlangan loyiha hujjatlarisiz ob’yektlarni qurish, shuningdek, kommunikatsiyalarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi”.

 Ya’ni, korхonalarning (buyurtmachi va pudratchi) mulkchilik shaklidan qat’i nazar, QMI uchun  ShNQ 1.03.01-20 va boshqa shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangan boʻlishi kerak.

QMI tugallangandan soʻng qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyaning ob’yektdan foydalanish uchun ruхsatnomasini olish zarur .

 


Qurilish Qurilish Qurilish /oz/publish/doc/text184651_qmini_amalga_oshirishda_malumotnoma-hisobvaraq-faktura_birlamchi_hujjat_hisoblanadimi