Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Xorijiy kompaniyaning doimiy muassasasi xalqaro moliya tashkilotining qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihasini amalga oshirishda qatnashmoqda. 16.07.2018 yildagi PQ-3857-son qarorga muvofiq, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) QQS toʻlashdan 2021 yil 1 iyulgacha ozod etilgan edi. Buning aksi nazarda tutilgan qonunosti huquqiy hujjat bekor qilinmagan boʻlsa, DM PQ-3857-son qaror va 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 6-m. bilan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanishga haqlimi? ».
Ushbu savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra DSQ Soliq solish uslubiyati departamentining bosh mutaxassisi Ra’no ALIShAYeVA va «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdilar:
– 16.07.2018 yildagi PQ-3857-son qarorning 2-b. 5-xatboshisiga muvofiq, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan 2021 yil 1 iyulgacha ozod etilgan edi.
Bundan tashqari, 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunning 6-moddasiga muvofiq, xalqaro shartnomalar boʻyicha 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan, toʻliq yoki qisman XMI/XHMTning mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek ularni olib kirishga QQS va aksiz soligʻi solinmaydi. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan sotib olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qoʻllanilmaydi
.
Shu tariqa, investitsiya loyihasi 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan va XMI mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, norezidentlarning doimiy muassasalariga 30.12.2019 yildagi OʻRQ-599-son Qonunda nazarda tutilgan QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etiladi.
![]()