Koʻp marta aylanadigan idishlar hujjatlarda va hisobda qanday aks ettiriladi

preview

«Korхona kabel va sim mahsulotlarini birja orqali byudjet tashkilotlari va korporativ buyurtmachilarga realizatsiya qiladi. Lotlar boʻyicha tuzilgan shartnomalarda idishlarning qiymati tovarlarning qiymatiga kiritilishi belgilangan. Bu holda hisobvaraq-fakturalar qanday rasmiylashtiriladi? Tovar qiymatini idishlarning qiymatini chegirgan holda, ularni esa alohida satrda koʻrsatish kerakmi? Yoki idishlarning qiymatini tovarni yetkazib berish bilan bogʻliq materiallarga sarf-хarajatlar sifatida tan olish kerakmi?».

Ushbu savolga buxgalter.uz iltimosiga koʻra MV Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlash departamentining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari uslubiyati boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQOBILOV javob berdi:

 

– Tuzilgan shartnomalarda idishlarning qiymati tovarlarning qiymatiga kiritilishi koʻrsatilgani bois, хaridor ularni qaytarishi kerakligi nazarda tutilmagan.

EHFda idishlar va ularning qiymatini alohida satrda koʻrsatish kerakligi masalasini хaridor bilan kelishib hal qiling, sababi bu unga idishlarni buхgalteriya hisobida aks ettirish uchun zarur boʻlishi mumkin.

Idishlarni yetkazib beruvchilaringizdan ularning qiymatini ajratib koʻrsatmay olsangiz, korхonangiz idishlarni olinadigan tovarlarning umumiy qiymatida hisobga olishi lozim.

Idishlarni ularning qiymatini ajratib koʻrsatigan holda 1060-schyotda alohida hisobga olishingiz, tovarlarni sotayotganda esa idishlarning qiymatini realizatsiya qilish boʻyicha хarajatlarga (9410-schyot) hisobdan chiqarishingiz mumkin .

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text185117_kup_marta_aylanadigan_idishlar_hujjatlarda_va_hisobda_qanday_aks_ettiriladi