Eksportdan daromadlarga foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash

preview

2022 yil 1 noyabrdan boshlab eksport qiluvchi tashkilotlar foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan tushgan daromadlarga jami daromaddagi ulushlaridan qat’i nazar nol darajali stavkani qoʻllaydilar . Soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA buxgalter.uz iltimosiga koʻra ushbu imtiyozni qanday qoʻllash kerakligi haqida gapirib berdi:

 

– 1 noyabrgacha jami daromadda eksport ulushi 15%dan kam boʻlsa, foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida tushumning ushbu qismiga 15%lik stavkada soliq solinadi. PF-228-son Farmonga muvofiq, 1 noyabrdan boshlab ushbu chegara bekor qilindi. Eksportdan daromad olgan soliq toʻlovchi unga toʻliq nol darajali stavkada foyda soligʻi solishi mumkin.

Biroq, faqat eksport hajmlariga doir cheklovlar bekor qilinayotganiga e’tibor qarating. Soliq kodeksida ham valyuta tushumi kelib tushishi muddatlariga doir cheklovlar belgilangan, ular oʻz kuchida qoladi.

Shu sababli har qanday holatda, nol darajali stavkani qoʻllash uchun tovarlarni (xizmatlarni) chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar (xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida kelib tushishini ta’minlash lozim .

PF-228-son Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yil oxirigacha Soliq kodeksiga kiritilishi kutilmoqda. Shu bilan birga buxgalterlar keyinchalik yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun hozirdanoq oʻta ehtiyotkor boʻlishlari zarur.

Birinchidan, III chorak uchun soliq hisob-kitobi boshqacha boʻlishiga e’tibor bering. Oktyabr oyida eksport qilgan boʻlsangiz, unga amaldagi qoidalar asosida , noyabr va dekabr oylaridagi hajmlarga esa – yangi qoidalar asosida, nol darajali stavkada soliq solish lozim.

Ikkinchidan, nol darajali stavka qoʻllanganda eksportni hujjatlar bilan tasdiqlash lozim. Hujjatlar roʻyxati SK 261-moddasida belgilangan, unga quyidagilar kiradi:

1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);

2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni Oʻzbekiston bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

3) Oʻzbekiston bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;

4) bitim vositachi orqali amalga oshirilgan boʻlsa, vositachilik shartnomasi;

6) tovarlar va xizmatlarning ayrim guruhlari uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan boshqa hujjatlar ham belgilanishi mumkin.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text185500_eksportdan_daromadlarga_foyda_soligining_nol_darajali_stavkasini_qullash