EHFni raqamlash tartibini buzganlik uchun jazolashlari mumkinmi

preview

«Soliq tekshiruvi davomida inspektor korxonada hisobvaraq-fakturalarni raqamlash tartibiga rioya etilmasligini kamchilik sifatida koʻrsatib oʻtdi. Buning uchun jazolashlari mumkinmi?».

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, boshlangʻich buxgalteriya hujjatlarini qanday toʻgʻri raqamlash lozimligi yuzasidan tushuntirish berdi:

– Ushbu masalada «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi Qonunga va 1297-son Hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga amal qiling.

Xususan, boshlangʻich hujjatlarni raqamlashga quyidagi talablar belgilangan :

  • muayyan hisob registriga tegishli boʻlgan, ishlov berilgan joriy oyning boshlangʻich hujjatlari xronologik tartibda jamlanadi;
  • kassa orderlari, boʻnak hisobotlari, bank koʻchirmalari ularga taalluqli boʻlgan hujjatlar bilan birgalikda xronologik tartibda yigʻilishi va muqovalanishi kerak.

Raqamlashga aniq talablar qoʻyilmagan, buni tushunsa boʻladi: raqamlash variantlari koʻp boʻlishi mumkin, har bir korxona oʻzi uchun eng qulay variantni tanlashga haqli.

Hujjatlarni raqamlashning eng keng tarqalgan variantlarini koʻrib chiqamiz:

  • tartib raqami qoʻyish;
  • boshlangʻich hujjat, xususan – hisobvaraq-faktura raqami uni ijro etishda tuzilgan shartnomaga ham qoʻyiladi;
  • uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha boshlangʻich hujjat raqami u tuzilgan davrni koʻrsatgan holda shartnomaga ham qoʻyiladi.

Bunda korxonada hujjatlarni raqamlash tartibiga rioya etish uchun ham, tekshiruv chogʻida korxonadagi hujjatlar aynan shunday raqamlanishini, qabul qilingan shartli birliklar nimani anglatishini asoslash uchun ham ushbu tartibni yo korxonaning hisob siyosatida qayd etishni, yo rahbar buyrugʻi bilan korxonada tegishli nizomni tasdiqlashni tavsiya etaman.

Tartib raqamlarida xatoga yoʻl qoʻyish, notoʻgʻri raqamlash tekshiruvchilarga doim qoʻl keladi, – ular nima uchun bunday qilinganini aniqlashga harakat qiladilar.

Raqamlashda xatoga yoʻl qoʻyganlik yoki buning tartibini buzganlik uchun, bunda barcha hujjatlar xronologik tartibda jamlangan boʻlsa, javobgarlik nazarda tutilmagan. Biroq, raqamlashdagi xato ortida yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarlik yashirilgan boʻlib, nazorat qiluvchi organ uni fosh etsa, qonun boʻyicha javob berishga toʻgʻri keladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


EHF: EHA — maslahatlar EHF EHF (EHA) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186297_ehfni_raqamlash_tartibini_buzganlik_uchun_jazolashlari_mumkinmi