9 oyni xatolarsiz yopamiz:
JShDS solinmagan daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida ma’lumotnomani topshirishni unutmang
2023 yil davomida jismoniy shaxslarga toʻlov manbaidan moddiy naf tarzida daromadlar toʻlagan korxonalar, agar ushbu jismoniy shaxslarning arizalari asosida JShDS ushlab qolinmagan boʻlsa, ma’lumotnoma taqdim qilishlari shart
.
Misol uchun korxona:
- direktor uchun kommunal xizmatlar uchun haq toʻlagan va ushbu summani uning ish haqidan qoplamagan boʻlsa;
- ta’sischi farzandining xususiy maktabda oʻqishi uchun haq toʻlagan boʻlsa (uning dividendlari hisobiga emas) va hokazo;
- sizda ishlamaydigan kam ta’minlangan mahalla aholisiga yangi yil sovgʻalarini bergan boʻlsa.
Ma’lumotnoma korxona soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida taqdim qilinadi
.
Yanvar va fevral oylaridagi dam olish kunlari hisobi bilan 2023 yil uchun Ma’lumotnoma topshirishning soʻnggi kuni 2024 yil 12 fevralga toʻgʻri keladi
.
Oʻz navbatida, toʻlov manbaidan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar ushbu summani jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada hisobga olishlari lozim boʻladi
.
Toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzidagi daromadlarni olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi Ma’lumotnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida – JShDS boʻyicha elektron soliq hisoboti tarkibida joylashtirilgan. Shakl kodi – 11102_5. Unga yuklab olib toʻldirish, biriktirish va joʻnatish lozim boʻlgan shablon fayl ilova qilinadi.
Shablon faylda quyidagilarni koʻrsating:
- toʻlov manbaidan JShDS solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxsning F.I.Sh;
- jismoniy shaxsning JShShIRi;
- propiska qilingan joy boʻyicha manzili;
- hisoblangan moddiy naf tarzidagi daromadlar summasi va ulardan ushlab qolinmagan JShDS summasi.
Agar moddiy naf tarzidagi daromadlarni sizning xodimingiz yoki ta’sischingiz boʻlmagan jismoniy shaxs olgan boʻlsa va siz JShDS ushlab qolmagan boʻlsangiz, undan JShDSni ushlab qolmaslik toʻgʻrisida yozma ariza olayotganda darhol uning pasportidan nusxa oling.
Undan pasport nusxasini olsangiz, siz u boʻyicha JShShIRni aniqlab olishingiz mumkin boʻladi. Bu ham toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar boʻyicha JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 6-ilovani (0121-satr) toʻldirish uchun talab qilinadi.
![]()