Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Kompaniya gaz hisoblagichlarini ishlab chiqarish uchun detallarni import qiladi. Shartnoma shartlariga koʻra, yaroqsiz yoki nuqsonli detallar aniqlangan taqdirda yetkazib beruvchi TMQni kompensatsiya qilishni kafolatlaydi. Yetkazib beruvchidan yaroqsiz detallar oʻrniga detallar olinishiga foyda soligʻi solinadimi?”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori oʻrinbosari Umid HAMROYeV javob berdi:

– Savolga javob, siz tomondan yaroqli detallar olinganda, yaroqsiz detallarning korxonangizda qolishiga bogʻliq.
Agar import kontrakti shartlari boʻyicha sizning korxonangiz yaroqsiz detallarni yetkazib beruvchiga qaytarsa, u esa ularning oʻrniga yaroqli detallarni yetkazib bersa, sizda foyda soligʻi boʻyicha oqibatlar yuzaga kelmaydi.
Agarda yaroqsiz detallar sizning korxonangizda qolsa, ular tekin olingan hisoblanadi. Ularning bozor qiymatini foyda soligʻi hisob-kitobida jami daromadga kiritish lozim
.
Oxirgi holatda yaroqsiz buyumlarni realizatsiya qilish imkoniyati boʻlmasa, ularni ikkilamchi xom ashyoning (metallolom yoki hokazo) bozor qiymati boʻyicha baholash mumkin.
Yaroqsiz detallar oʻrniga yaroqli detallarni olish foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlariga sabab boʻlmaydi.
![]()