Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona buxgalteriya hisobini BHMS boʻyicha yuritadi va bir vaqtning oʻzida MHXSga oʻtishni boshladi. Kelgusi davr xarajatlarini (3100-schyot) tan olish va ularni davr xarajatlariga olib borish (xarajatlarga olib borish davriyligi toʻgʻrisida), shuningdek – davr xarajatlarini hisobotda BHMS va MHXS talablariga muvofiq aks ettirish tartibini tushuntirishingizni soʻraymiz”.
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati departamentining tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari buxgalteriya hisobi uslubiyati boʻlimi boshligʻi Asal XAShIMOVA javob berdi:

– Buxgalteriya hisobining milliy tizimida “kelgusi davr xarajatlari”ni hisobga olish – bu buxgalteriya operatsiyalarining alohida turi. BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotda mazkur xarajatlar qoldigʻi summasi buxgalteriya balansining aktivida aks ettiriladi.
MHXSga oʻtishda kelgusi davr xarajatlari schyotlari boʻyicha qoldiqlarning MHXS Konseptual asoslariga asosan aktiv tushunchasiga muvofiq kelishini batafsil tahlil qilish lozim. Agarda bunday xarajatlar aktiv sifatida tan olinmasa, ular xarajatlar hisoblanadi. Va agar xarajatlar summasi – sezilarli darajada boʻlsa, moliyaviy hisobotda ularni alohida satr bilan aks ettirish maqsadga muvofiqdir.
BHMS
BHMS boʻyicha 3100-schyotlar guruhida joriy davrda amalga oshirilgan, lekin joriy qismi boʻyicha kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan xarajatlar toʻgʻrisida ma’lumot aks ettiriladi, aynan
:
- 3110 “Oldindan toʻlangan operativ ijara haqi”;
- 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi”;
- 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
Ushbu schyotlarda quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi:
- davriy matbuot nashrlariga obunaning yillik summasi uchun oldindan toʻlov;
- mol-mulkni sugʻurta qilish uchun toʻlov;
- keyingi davrlar uchun operativ ijara boʻyicha oldindan toʻlovni toʻlash;
- mazkur hisobot davrida amalga oshirilgan, biroq joriy qismi boʻyicha kelgusi davrlarga taalluqli boʻlgan toʻlov.
Bunday xarajatlar pirovardida joriy xarajatlarga (mahsulotlar, ishlar, xizmatlar tannarxi yoki davr xarajatlari) belgilangan muddat davomida bir me’yorda yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi (soni)ga mutanosib ravishda hisobdan chiqariladi. Hisobdan chiqarish davriyligi hisob siyosatida belgilanadi. Kelgusi davr xarajatlarini har oyda hisobdan chiqarish tavsiya qilinadi.
3110-schyotida joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davrlarga taalluqli operativ ijara boʻyicha toʻlovlar hisobga olinadi. Misol uchun, yil boshida korxona ijara toʻlovini bir yil oldin toʻladi. Bu holda shartnomaga asosan tegishli oy uchun ijara toʻlovi summasi har oyda joriy xarajatlarga olib boriladi.
3120-schyotida oldindan toʻlangan xizmat haqi hisobga olinadi. Masalan, gazeta uchun yillik obuna summasi har oyda butun summaning 1/12 miqdorida joriy xarajatlarga olib boriladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar yil davomida bir me’yorda yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmiga mutanosib ravishda joriy xarajatlarga olib boriladi.
3190-schyotida 3110 va 3120-schyotlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan toʻlangan xarajatlar hisobga olinadi. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (3100) boʻyicha analitik hisob schyotlari xarajat moddalari va yoʻnalishlari boʻyicha yuritiladi. Ushbu schyotlardagi qoldiqlar hisobot davri oxirida buxgalteriya balansida (1-sonli shakl), xarajatlarga hisobdan chiqarilgan summalar esa – moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.
Sizni ifrs.academyda MHXS asoslari boʻyicha biz bilan masofaviy, aralash yoki yuzma-yuz oʻqishga taklif qilamiz!
Biz quyidagilarga yordam beramiz:
- milliy va xalqaro sertifikatlar olishga birinchi qadamni qoʻyishga;
- mutaxassislar uchun “trenajyorlar”da ilgʻor darajalarni oʻzlashtirishga;
- yakka tartibdagi dastur yoki kompaniyangiz uchun korporativ oʻqitish doirasida malaka oshirishga!
MHXS
MHXSda “kelgusi davrlar xarajatlari” tushunchasi va xarajatlarni hisobga olish boʻyicha alohida MHXS mavjud emas. Yuqorida qayd etilganidek, MHXSga Konseptual asoslarga binoan, amalga oshirilgan xarajatlar aktiv sifatida yoki xarajatlar sifatida aks ettirilishi mumkin. Ya’ni, aktivlarni tan olish mezonlariga javob bermaydigan xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajatlar deb tan olinadi.
Aktiv - oldingi hodisalar natijasida tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan mavjud iqtisodiy resurs
.
Xarajatlar – bu xususiy kapitalga nisbatan talab qilish huquqlari egalariga taqsimlashlar bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda xususiy kapitalning kamayishiga olib keladigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarning oshishi
.
Aktivlar moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotda (buxgalteriya balansida), xarajatlarga hisobdan chiqarilgan summalar esa – foyda, zararlar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
Masalan, oldindan toʻlangan ijara haqi BHMS boʻyicha 3110 “Kelgusi davr xarajatlari” schyotida hisobga olinadi. MHXS maqsadlari uchun esa bunday ijara toʻlovi boʻnak hisoblanadi, sababi xizmat hali koʻrsatilmagan (hisoblash usuli). Agar boʻnak summasi sezilarli darajada kattaroq summani tashkil etsa,, MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotda u alohida satrda “Oldindan toʻlangan xarajatlar” nomi bilan yoki uning mazmunini ancha xolis aks ettirish imkonini beradigan boshqa shunga oʻxshash tushuncha bilan aks ettiriladi.
![]()