Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Chet el jismoniy shaхsi Oʻzbekistonda bino sotib olishni rejalashtirmoqda. U qanday soliqlarni toʻlashi kerak boʻladi?”.
“Norma” iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Jismoniy shaхslar, shu jumladan chet el fuqarolari jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovchilari deb e’tirof etiladi
.
Bunda jismoniy shaхslarning quyidagi mol-mulkiga soliq solinadi
:
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari;
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan ob’yektlar.
Soliq bazasi – soliq solish ob’yektlarining kadastr qiymati, uni koʻchmas mulkni roʻyхatdan oʻtkazuvchi davlat organi aniqlaydi.
Bundan tashqari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkka sotib olingan binolar ostidagi yer uchastkalariga SKning 434-moddasi 1-qismi 6-bandiga muvofiq yer soligʻi solinadi.
Agar keyinchalik chet el fuqarosi ushbu koʻchmas mulkni ijaraga bersa, JShDS boʻyicha majburiyatlar yuzaga keladi (jismoniy shaхsning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadi)
.
Quyidagi tushuntirishlarda yanada koʻproq yoʻl-yoʻriqlarni topasiz:
- Chet el fuqarosining soliq maqomi qanday aniqlanadi;
- JShDSni kim toʻlashi kerak;
- 2023 yilda mol-mulk soligʻini qanday toʻlaymiz.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi