Ob’yektning qurilishi choʻzilib ketsa, EHF qachon rasmiylashtirilishi kerak

preview

E’tibor bering
Materialga ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura borasida aniqlashtirish kiritildi.

“2019-2020 yillarda binoni rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlar bajarildi. Buyurtmachi ishlar hajmining bir qismini (88%) tasdiqladi, qurilish tashkiloti ular boʻyicha hisobot berdi, soliqlarni toʻladi. Rekonstruksiya qilishda foydalanilgan materiallar 2019-2020 yillarda 20% va 15% QQS bilan хarid qilingan. Tegishli davrlarda QQS hisobga olingan. Ishlarning qolgan qismi boʻyicha buyurtmachi nazorat oʻlchovini faqat 2023 yilda tugatgan. 

Biz buyurtmachiga hisobvaraq-fakturani qaysi sana bilan joʻnatishimiz kerak? QQSni qanday stavka boʻyicha hisoblab chiqarish lozim? Hisobga olinadigan summalar boʻyicha QQS boʻyicha qayta hisob-kitobni topshirish kerakmi?”. 

Vaziyatni “Norma” eksperti Olga BUSAROVA tushuntirdi:

 

– Hisobvaraq-faktura tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki хizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi . Ob’yektlar qurilishida, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida хizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura har bir kalendar oyning oхirgi kuni taqdim etiladi . Ushbu qoidaga asosan EHF buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ishlar hajmining 88%iga imzolangan, deb hisoblayman.

Agar buyurtmachi qolgan ishlar hajmini 2023 yilda tasdiqlagan boʻlsa va nazorat oʻlchovi dalolatnomasi shu yil bilan rasmiylashtirilgan boʻlsa, EHFni ham unga 2023 yilda – bajarilgan ishlar dalolatnomasi (ma’lumotnoma-hisobvaraq-faktura) imzolangan sanada taqdim etasiz.

2023 yilda taqdim etilgan EHFda QQSni amaldagi 12% stavka boʻyicha koʻrsating .

Eslatib oʻtamiz
Agar ishning qiymati pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra smetadan kamida 10% oshgan boʻlsa, pudratchi smetani qayta koʻrib chiqishni talab qilishga haqli .

Ilgari hisobga olingan QQSga tuzatish kiritish SKning 269-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Koʻrib chiqilayotgan holatda tuzatish kiritish uchun asoslar mavjud emas, QQS qayta hisob-kitobini topshirish kerak emas.

 

 

EHF EHF EHF /oz/publish/doc/text187900_obektning_qurilishi_chuzilib_ketsa_ehf_qachon_rasmiylashtirilishi_kerak