Umumiy ovqatlanish korxonasi raqamli markirovlash kodlari skanerisiz ishlashi mumkinmi

preview

“Restoranda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun guvohnoma mavjud. Ish jarayonida 2D-skaner bilan jihozlanmagan ikkita NKMdan foydalanamiz: birinchisidan – tayyor taomlarni realizatsiya qilishda, boshqasidan – alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilishda. Soliq tekshiruvi natijalari korxonaga SKning 227-1-moddasiga binoan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Soliq organlari sof tushumni ikkala NKM boʻyicha hisoblab chiqaradi, lekin tayyor taomlarda shtrix kod va 2D skaner mavjud emas,  biz kerak emas, deb hisoblaymiz. 

Sizdan quyidagini tushuntirib berishingizni iltimos qilamiz: sof tushum miqdorini faqat alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boʻyicha hisoblab chiqarish kerakmi yoki tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish bilan birgami?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi: 

 

– 2022 yil 1 yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari:

  • onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan;
  • shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan  foydalanishlari shart .

Ular jumlasiga 2D-skanerlar, ma’lumotlarni yigʻuvchi terminallar yoki mazkur funksiyani qoʻllab-quvvatlovchi boshqa turdagi maxsus qurilmalar kiradi.

Tayyor taomlar raqamli markirovkaga ega emasligi bois, ularni realizatsiya qilishda maxsus qurilmalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilmaydi.

Alkogol mahsulotlari majburiy markirovkalanadi, shuning uchun ularni realizatsiya qilishda xoʻjalik yurituvchi sub’yekt yuqorida aytib oʻtilgan onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

SKda realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima nazarda tutilgan, agar quyidagilarga doir talablar buzilgan boʻlsa :

  • fiskal belgilarni aks ettirish;
  • avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash;
  • soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
  • identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash.

Normadan jarima miqdori butun korxona boʻyicha – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumdan kelib chiqqan holda aniqlanishi kelib chiqadi.

 

 

Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text188615_umumiy_ovqatlanish_korhonasi_raqamli_markirovlash_kodlari_skanerisiz_ishlashi_mumkinmi