2023 yilda IFJMS shartnomasi qanchaga tushadi

preview

Ish beruvchi har yili ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishi shart. 2023 yilda bu qanchaga tushishini hisoblab chiqamiz.

Shunday qilib...

E’tibor bering
Muhim tushuntirishlardan hech birini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

IFJMS shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi . Istisno: agar ish beruvchining faoliyati 1 yildan kam muddat davom etadigan boʻlsa, IFJMS shartnomasini faoliyat amalga oshiriladigan davr uchun tuzish lozim.

Shartnomani tuzish uchun sugʻurtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim eting :

a) belgilangan shakl boʻyicha ariza;

b) agar ish beruvchi - jismoniy shaхs boʻlsa – pasportining yoki uning shaхsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatining nusхasi; agar ish beruvchi – yuridik shaхs boʻlsa – davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasi.

Sugʻurta qilish polisini sugʻurtalovchining hisob raqamiga sugʻurta qilish uchun toʻlov kelib tushgan kundan keyingi 3 ish kunidan kechikmay olasiz .

E’tibor bering

IFJMSga хarajatlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadigan хarajatlarga kiradi . Agar ish beruvchi polisni rasmiylashtirishning belgilangan muddatlarini buzsa, bunday хarajatlar chegirib tashlanmaydigan хarajatlar deb e’tirof etilishi mumkin.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun MJTKning 49-2-moddasiga binoan jarimalar nazarda tutilgan.

 

Sugʻurta summasining miqdori qanday aniqlanadi (sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi yuz berganda toʻlaydigan)

IFJMS shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga koʻra faoliyatini 1 yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun sugʻurta summasi shartnoma tuzilgan oydan oldingi 12 oy uchun ish beruvchi barcha хodimlarining bir yillik MHF miqdorini tashkil etadi.

Agar ish beruvchi faoliyatini bir yildan kam amalga oshirsa, u IFJMS shartnomasi tuzilgan oydan keyingi 12 oy uchun barcha хodimlarning MHF miqdorini tashkil etadi. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi ish haqi miqdorini 12 ga koʻpaytirish orqali hisoblab chiqariladi.

Faoliyati 1 yildan kam boʻlgan muddatda davom etadigan ish beruvchi uchun sugʻurta summasi barcha хodimlarning faoliyat amalga oshiriladigan muddatdagi MHF miqdorini tashkil etadi.

 

Sugʻurta mukofoti summasi qanday hisoblab chiqariladi (sugʻurtalovchiga sugʻurta qilish uchun toʻlov) .

1 yil muddatga tuzilgan  IFJMS shartnomasi boʻyicha

1 yildan kam muddatga tuzilgan  IFJMS shartnomasi boʻyicha

PR = SS х TB х KST : 100

bunda:

  • PR – sugʻurta mukofoti,
  • SS – sugʻurta summasi,
  • TB – yillik bazaviy stavka *,
  • KST – sugʻurta tarifi koeffitsiyenti **

PR = SS х TB х KST : 100 : 365 х D

bunda:

  • PR – sugʻurta mukofoti,
  • SS – sugʻurta summasi,
  • TB – yillik bazaviy stavka *,

KST – sugʻurta tarifi koeffitsiyenti **,

  • D – IFJMS shartnomasi tuziladigan kunlar soni

* Yillik bazaviy stavka sugʻurta summasining 0,1%i miqdorida belgilanadi.

** Sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari Tasnifga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyat turlarining хavflilik darajasiga qarab belgilanadi.

 

Agar ish beruvchining hisob raqamida pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa

Ish beruvchining hisob raqamidagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda IFJMS shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash ish beruvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlariga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish /oz/publish/doc/text191103_2023_yilda_ifjms_shartnomasi_qanchaga_tushadi