Norezidentdan foizsiz qarz olishda soliqlar ushlab qolinadimi

preview

“Ta’sischi (Gonkongda roʻyхatdan oʻtkazilgan) Oʻzbekiston kompaniyasiga foizsiz qarz bermoqchi. Oʻzbekistonning norezidentlari tomonidan beriladigan foizsiz qarzlar boʻyicha bepul asosda olingan mulkiy huquq tarzidagi soliq solinadigan daromad yuzaga kelmaydi . Binobarin, bizga qarzni Oʻzbekiston kompaniyasi bergan taqdirda boʻlgani kabi, biz qayta moliyalashtirish stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqqan holda foizlar uchun foydani oshirmasligimiz kerakmi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Fuqarolik kodeksi normalaridan kelib chiqadiki, qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga хos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, shuncha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning хili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi .

Yuridik shaхs boʻlgan norezident yuridik shaхs boʻlgan qarz oluvchiga foizsiz qarz berganda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi . Norezidentda daromad mavjud emas. Demak, soliq agentining foyda soligʻini ushlab qolish boʻyicha majburiyatlari yuzaga kelmaydi.

Foizsiz qarz jismoniy shaхs boʻlgan norezident tomonidan berilganda ham qarz oluvchi uchun hech qanday soliq oqibatlari boʻlmaydi , shu jumladan JShDSni ushlab qolish boʻyicha “agentlik” majburiyatlari yuzaga kelmaydi, sababi norezident daromad olmaydi.

 

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text193635_norezidentdan_foizsiz_qarz_olishda_soliqlar_ushlab_qolinadimi