Korхona tugatilayotganda ta’sischilar bilan qanday hisob-kitob qilish kerak

preview

“Ta’sischilar korхonani (MChJ) tugatishmoqchi. U zarar koʻrib ishlamoqda, biroq balansda bino mavjud boʻlib, uni ustav fondida 98% ulushi boʻlgan ta’sischiga berish mumkin.

Zarar bilan qanday yoʻl tutish va 2% ulushga ega ta’sischi bilan qanday hisob-kitob qilish kerak?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma” eksperti Oleg SOY javob berdi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Agar korхonangizda qoplanmagan zarar mavjud boʻlsa, ta’sischilar ilgari ular tomonidan ustav fondiga kiritilgan hissaga qaraganda uning summasidan kamroq hissa olishadi. Zarar summasi har bir ta’sischiga uning tugatilayotgan korхona ustav kapitalidagi ulushiga mutanosib ravishda qaytariladigan hissa summasini kamaytiradi.

Ta’sischilar binoni ta’sischilardan biriga ilgari kiritilgan hissani qaytarish hisobiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir. Bunda ikkinchi ta’sischi oʻz ulushini boshqa mol-mulk bilan, masalan, pul mablagʻlari bilan olishi kerak.

Shuni hisobga olishingiz lozimki, ta’sischiga binoni berishda asosiy vositaning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija aniqlanadi. U soliq oqibatlariga olib kelishi mumkin. Shu bois siz ta’sischilar bilan soliqlarni toʻlash uchun hisobraqamida pul mablagʻlari qoladigan tarzda hisob-kitobni amalga oshirishingiz lozim.

 

 

 

Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar Xususiy kapital va ta’sischilar bilan hisob-kitoblar /oz/publish/doc/text193719_korhona_tugatilaetganda_tasischilar_bilan_qanday_hisob-kitob_qilish_kerak