Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Qirgʻiziston kompaniyasidan kelib tushgan dividendlardan ushlab qolingan soliq hisobga olinadimi
MChJ (Oʻzbekiston Respublikasi) Qirgʻiziston Respublikasidagi MChJning ta’sischisi hisoblanadi. Oʻzbekistondagi MChJ Qirgʻiziston MChJ foydasidan dividendlar oldi. Qirgʻizistondagi toʻlov manbaida soliq ushlab qolingan.
Oʻzbekistonda foyda soligʻi hisob-kitobini tuzishda ushbu summani hisobga olish mumkinmi, sababi dividendlar moliyaviy faoliyatdan olingan daromad hisoblanadi? Bu holatda yuridik shaхsning dividendlariga hukumatlararo bitimlar normalari tatbiq etiladimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida foyda va daromadlarga ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish toʻgʻrisida bitimning (Toshkent, 1996 yil 24 dekabr, 2000 yil 17 martdan kuchga kirgan) 10-“Dividendlar” moddasining 2-bandi asosida Qirgʻizistonda ushlab qolingan dividendlar tarzidagi daromaddan olinadigan soliq dividendlar umumiy summasining 5 foizidan oshmaydi.
Agar ushbu shartga rioya qilingan boʻlsa, Bitimning 22-moddasi va SKning 342-moddasiga asosan toʻlangan soliq hisobga olinishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan foyda soligʻining hisobga olinadigan summasi miqdori soliq toʻlovchi koʻrsatilgan daromad olinishi lozim boʻlgan (olingan) soliq davri uchun Oʻzbekiston Respublikasida toʻlashi lozim boʻlgan foyda soligʻi summasidan oshib ketishi mumkin emas
.
Hisobga olishga qabul qilinadigan soliq summasining miqdori Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi hisob-kitobiga 11-ilovada aks ettiriladi va soliq Qirgʻizistonda qanday stavka boʻyicha ushlab qolinganligiga bogʻliqdir. Natijada koʻrsatilgan ilova toʻgʻri toʻldirilgan taqdirda Oʻzbekistonda qoʻshimcha soliq summasini toʻlash talab qilinishi yoki qilinmasligini koʻrish mumkin boʻladi.
- Xorijda toʻlangan dividendlar koʻrinishidagi daromadlardan olinadigan foyda soligʻini qanday hisobga olish hamda soliq hisobotida aks ettirish kerak;
- Jismoniy shaхslarning dividendlaridan qanday soliqlar toʻlanadi;
- Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan olinadigan soliq boʻyicha hisobot qanday toʻldiriladi.
![]()