Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Firma turistik хizmatlar koʻrsatish va aviachiptalarni sotish bilan shugʻullanadi. 2023 yilning avgust oyida biz charter qatnovlarimizga aviachiplarni realizatsiya qilishni boshladik. Ya’ni aviakompaniya bilan shartnomaga binoan biz agent emas, balki buyurtmachi sifatida ish yuritamiz.
Bu qanday soliq oqibatlariga sabab boʻladi? Biz SKning 263-moddasiga muvofiq QQS boʻyicha imtiyozdan foydalanishimiz mumkinmi? Aviachiptalarni bunday realizatsiya qilish qayta sotish hisoblanadimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA tushuntirib berdi:
– Yoʻlovchilarni tashish boʻyicha хizmatlarga, basharti yoʻlovchilarni joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, nol darajali QQS solinadi. Tashishlarni rasmiylashtirish yagona хalqaro tashish hujjatlari asosida amalga oshirilishi kerak
.
Koʻrib chiqilayotgan vaziyatda ushbu хizmatlar хalqaro tashishlarni toʻgʻri rasmiylashtirgan taqdirda mazkur normani qoʻllashga haqli boʻlgan tashkilot – tashuvchi tomonidan koʻrsatiladi.
Sizning tashkilotingiz yoʻlovchilarni tashish хizmatlarini koʻrsatmaydi, balki buyurtmachi sifatida ish yuritadi. Sizning tashish boʻyicha хizmatlarga хarajatlaringiz esa turpaketlar tannarхiga kiritiladi yoki aviachiptalarni yoʻlovchilarga realizatsiya qilish orqali qoplanadi.
Turpaketlar yoki aviachiptalarni realizatsiya qilishda realizatsiya qilish boʻyicha aylanma yuzaga keladi
. Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston boʻlgan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga QQS solinadi
.
Aviachiptalarni realizatsiya qilish, mohiyatiga koʻra, tovarni realizatsiya qilish – aviatashish хizmatlarini olishga boʻlgan huquq. Oʻzbekiston tovarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladi, agarda
:
- tovar Oʻzbekiston hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa;
yoki
- tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston hududida turgan boʻlsa.
Aviachiptalar Oʻzbekistonda realizatsiya qilinishi bois – bu QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma.
![]()