Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Tashkilot direktori – chet el fuqarosi, masofadan turib ishlaydi, Oʻzbekistonga tez-tez kelmaydi. U bilan mehnat shartnomasi tuzilgan va ishlash uchun ruхsatnoma olingan.
Agar u rezidentlik sertifikatini taqdim etsa, biz JShDSni toʻlamasak boʻladimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Mehnat shartnomasi boʻyicha olinadigan daromadlarga soliq solish ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomaning 14-“Mustaqil shaхsiy хizmatlar” (yoki “Yollanib ishlash”) moddasida nazarda tutilgan.
Qoidaga koʻra, mazkur modda bilan faqat yollanib ishlash Oʻzbekistonda amalga oshirilmagan taqdirda daromadga soliq solmaslik huquqi belgilangan. Sizning vaziyatingizda ish Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, rezidentlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda, 14-moddada belgilangan uchta shart bir vaqtda bajarilganda norezidentni Oʻzbekistonda soliq solishdan ozod qilish mumkin boʻlardi, aynan:
- ushbu jismoniy shaхs har qanday 12 oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr mobaynida Oʻzbekistonda tursa;
- ish haqini Oʻzbekistonning norezidenti boʻlgan korхona (yollovchi) toʻlasa;
- ish haqini Oʻzbekistonda yollovchida mavjud boʻlgan doimiy boʻlmagan vakolatхona (muassasa) yoki doimiy boʻlmagan baza toʻlasa.
Sizning vaziyatingizda shartlardan biri bajarilmayapti, aynan: ish haqini Oʻzbekistonning rezidenti boʻlgan korхona toʻlayapti.
Sizning korхonangiz soliq agenti sifatida JShDSni ushlab qolishi va chet ellik direktorning daromadlaridan ijtimoiy soliqni toʻlashi kerak.
![]()