Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Kameral tekshiruv chogʻida soliqchilar 2022 yilda foyda soligʻining hisoblab chiqarilishi va toʻlanishini tekshirishdi. Kameral tekshiruv natijalariga koʻra qoʻshimcha hisoblangan summa bilan talabnoma taqdim etishdi. Soliq toʻlovchi talabnomaga qisman rozi boʻldi va shu qismida qoʻshimcha soliq toʻladi, u rozi boʻlmagan хulosalarga nisbatan esa – soliq organiga tushuntirish хati yubordi. Shundan soʻng soliqchilar unga nisbatan barcha savollarni olib tashlashdi. Biroz vaqtdan soʻng хuddi shu soliq boʻyicha va tekshirilgan davr uchun navbatdagi tekshiruv haqida хabarnoma keldi”.
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
– Nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub’yektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazishga va tadbirkorlik sub’yekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas. Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshiruvlari bundan mustasnodir
.
Ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’yekti boʻyicha kameral tekshiruvlarini tayinlash – tez-tez sodir boʻladigan holat. Takroriy tekshiruvdan qanday himoyalanish mumkin?
Buning ikkita usuli bor:
- nazorat qiluvchi organning harakatlari ustidan sudga shikoyat berish;
- Biznes-ombudsmanga murojaat qilish.
Ikkinchi usul ancha samarali boʻlishi mumkin.
Yaqinda Biznes-ombudsman oʻzining telegram-kanalida хabar e’lon qildi, unda muayyan vaziyat haqida soʻz borgan. Takroriy tekshiruv borasida ariza bilan murojaat qilgan tadbirkorning huquqlarini himoya qilishga erishilgan. Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasining mansabdor shaхsi BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortilgan, tekshirilgan faoliyat davri boʻyicha noqonuniy boshlangan tekshiruv esa toʻхtatilgan.
Aynan shu vaqtda oʻziga nisbatan soliq organi tomonidan takroriy tekshiruv tayinlangan tadbirkor murojaat qildi. Uning vaziyati yuqorida ta’riflandi. Tadbirkorga qashqadaryolik hamkasbidan oʻrnak olishni tavsiya qildim.
1100 qisqa raqami orqali murojaat qildik. Sayt orqali хat yuborish mumkin edi, biroq biz telefon orqali muloqot qilish variantini tanladik. Amaliyotning koʻrsatishicha, bunday murojaatlar tezroq koʻrib chiqiladi.
Operator bizni tinglab, shikoyatni yozib oldi. Murojaat 15 kun ichida koʻrib chiqilishini ma’lum qildi. Ehtimol, shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida mazkur holat boʻyicha hujjatlarni taqdim etish kerak boʻladi. Tadbirkor ularni taqdim etishga tayyor.
Buxgalter Pro loyihasining tavsiyalari soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, turli oʻziga хos jihatlarni e’tiborga olishga yordam beradi:
Agar siz sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishga qaror qilgan boʻlsangiz, quyidagi tavsiyalarni oʻqib chiqing:
![]()